Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

@crypto niki uchun 25 million dollar taklif qilindi

Dunyo
81
@crypto niki uchun 25 million dollar taklif qilindi
Sifrov aktivlar sohasida yangi rekord o‘rnatildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Telegram asoschisi Pavel Durovning ma’lum qilishicha, mashhur @crypto nikiga 25 million dollar taklif qilingan. Bu summa O‘zbekiston pulida taxminan 2 trillion so‘mdan ortiqni tashkil etadi.

Ushbu ma’lumot Peopletalk tomonidan e’lon qilindi. @crypto nikiga ega foydalanuvchi bu nomni 2,5 yil oldin, TON blokcheyn platformasi ishga tushirilgan paytda 350 ming dollarga sotib olgan.

Hozirda esa Telegramdagi oddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan bu nik haqiqiy sarmoyaga aylangan. Uning qiymati London yoki Nyu-York kabi yirik shaharlarning markazidagi qimmatbaho uylar bilan taqqoslanmoqda.

Bu holat raqamli mol-mulklar, xususan NFTlar, domen nomlari va noyob nikneymlar yangi iqtisodiy qadriyatlarga ega bo‘layotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, blokcheyn va kriptovalyuta sohalariga qiziqqanlar uchun bunday niklar brend sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda.

Pavel Durov bu voqeani e’lon qilarkan, Telegram foydalanuvchilariga bo‘lgan munosabatini alohida ta’kidladi. Unga ko‘ra, Telegram yagona yirik ijtimoiy platforma bo‘lib, foydalanuvchilarni erkin shaxslar, ajralmas huquqlarga ega ekanligi bilan hisobga oladi.

Bu siyosat har bir foydalanuvchiga o‘z raqamli aktivlarini, profilini va kontentini to‘liq nazorat qilish imkonini beradi. Shu bilan Telegram boshqa ijtimoiy tarmoqlardan farq qiluvchi o‘ziga xos jihatga ega bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026