Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Xitoyda sun’iy intellektli robot oliy maktabga qabul qilindi

Dunyo
32
Xitoyda sun’iy intellektli robot oliy maktabga qabul qilindi
Xitoyda ta’lim sohasida tarixiy voqea yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ilk marotaba inson qiyofasiga ega sun’iy intellektli robot rasmiy ravishda oliy ta’lim muassasasiga qabul qilindi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.

Xueba deb nomlangan ushbu robot Shanxay teatr akademiyasida to‘rt yil davomida tahsil oladi. U teatr, kino san’ati va Xitoy operasi bo‘yicha bilimlar egallaydi.

Ta’limni tugatgach, boshqa talabalar singari dissertatsiya yozishi rejalashtirilgan. Xueba tashqi ko‘rinishi bilan oddiy insondan farq qilmaydi, u odamlar bilan muloqot qila oladi, yuz ifodalari va mimikalari orqali hissiyotlarni yetkazadi.

Robot o‘zini “san’atkor sun’iy intellekt” deb taqdim etadi. Ushbu yangilik Xitoyda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ba’zi foydalanuvchilar buni innovatsion qadam sifatida qabul qilib, Xueba inson va robot o‘rtasidagi munosabatlarda yangi davrni boshlab beradi, deb baholashdi. Biroq, tanqidchilar ham bor.

Ular san’at hayotiy tajribaga asoslanishi lozimligini va robotlar buni inson darajasida qila olmasligini ta’kidlashmoqda. Sharhlarda ijodiy kuch algoritmda emas, balki hissiyot va tuyg‘uda ekanligi qayd etilgan.

Shu tariqa, Xitoyda sun’iy intellekt asosida yaratilgan robotning oliy ta’lim muassasasida tahsil olishi ta’lim va texnologiya sohasida yangi davrning boshlanishi sifatida qaralmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026