Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Tayvanda Xitoy tahdidi haqida yangi serial chiqdi

Dunyo
25
Tayvanda Xitoy tahdidi haqida yangi serial chiqdi
Tayvanning “Zero Day Attack” nomli yangi teleseriali Xitoy tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan harbiy bosqin ssenariysini tasvirlab, keng jamoatchilik e’tiborini qozonmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Serial ilk bor efirga uzatilishi bilan mashhurlikka erishdi va shu bilan birga keskin munozaralarga sabab bo‘ldi. Unda Xitoy harbiy kemalari orolni “qidiruv-qutqaruv” bahonasida qurshab olishi, Dadan orolidagi tayvanlik askarlarning sirli yo‘qolib ketishi kabi voqealar ko‘rsatiladi.

Serial Xitoy tahdidiga qarshi ogohlantirish sifatida yaratilgan bo‘lib, Tayvan hukumati tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlangan. Har bir epizodda jamiyatning turli qatlamlari – prezidentdan tortib oddiy qishloq aholisi va harbiylargacha – xayoliy bosqin sharoitida qanday munosabat bildirishi yoritiladi.

Shuningdek, kommunikatsiya uzilishlari, dezinformatsiya kampaniyalari va tarafdorlarning noroziliklari ham ko‘rsatildi. Loyihaning asosiy maqsadi Tayvan aholisi orasida Xitoy tahdidiga nisbatan hushyorlikni oshirishdir.

Biroq muxolifatdagi siyosatchilar va ayrim tanqidchilar bu ishni “vahima tarqatish” deb baholamoqda. Ular hukumat mablag‘lari evaziga suratga olingani va serial siyosiy holatlarni kuchaytirayotganini tanqid qilmoqda.

Xavfni sun’iy ravishda oshirish fuqarolarda noxush kayfiyat uyg‘otmoqda degan fikrlar mavjud. Serial rejissyori va muallifi Chen Xsin-mey asarda Xitoyga nisbatan salbiy qarashlar berilmaganini, balki urush holatida tayvanliklar qanday kurashishi haqida hikoya qilinayotganini ta’kidlaydi.

So‘nggi yillarda Tayvanda Xitoy tahdidi mavzusi yanada keskinlashmoqda. Xitoy harbiy samolyotlari va kemalarining Tayvan yaqinidagi harakatlari ko‘paydi.

AQSh esa Xitoyning 2027-yilgacha Tayvanga hujum qilishga tayyorlanayotgani haqida ogohlantirmoqda. “Zero Day Attack” seriali ushbu real xavotirlar fonida jamiyatda muhim xavfsizlik masalalarini ochiq muhokamaga olib chiqmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026