Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Tramp va Putin sammitidan hech qanday kelishuv chiqmadi

Dunyo
26
Tramp va Putin sammitidan hech qanday kelishuv chiqmadi
AQSH va Rossiya prezidentlari Donald Tramp hamda Vladimir Putin o‘rtasidagi sammit natijalari bo‘yicha hech qanday yirik yutuq yoki kelishuvga erishilmagani haqida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy atrofidagilar fikr bildirmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Financial Times nashri muxbiri Kristofer Miller Ukraina rahbariga yaqin manbalarga tayanib, bu ma’lumotni taqdim etdi. Ukraina prezidentining ismi oshkor etilmagan yordamchisi Amerikaning hozircha Zelenskiy bilan bog‘lanmaganini aytgan va vaziyatni juda g‘alati deb baholagan.

Shuningdek, Ukraina yetakchisiga yaqin boshqa manba Alyaskada bo‘lib o‘tgan uchrashuvni ahamiyatsiz deb atadi. Boshqa tomondan, Donald Tramp o‘zining matbuot anjumanida yaqinda Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, sammit natijalarini yetkazishini ma’lum qildi.

U NATO vakillari bilan ham aloqaga chiqishini aytib, yaqin va munosib deb topgan shaxslarga qo‘ng‘iroq qilishini bildirdi. Trampning ta’kidlashicha, u prezident Zelenskiyga bugungi uchrashuv haqida to‘liq ma’lumot berishga tayyor.

Ma’lumot o‘rnida, Tramp va Putin 15 avgust kuni Alyaska shtatining Ankorij shahrida joylashgan harbiy baza hududida uchrashdilar. Uchrashuv oxirida hech qanday rasmiy kelishuvga erishilmadi.

Prezidentlar matbuot oldida qisqacha bayonot berishdi, ammo keyinchalik jurnalistlarning savollariga javob bermay zalni tark etdilar. Bu sammit ikki tomon o‘rtasidagi munosabatlarda sezilarli o‘zgarishlarga olib kelmadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026