Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Ispaniyada issiqdan 20 ta yirik o‘rmon yong‘ini yuz berdi

Dunyo
37
Ispaniyada issiqdan 20 ta yirik o‘rmon yong‘ini yuz berdi
Ispaniyada kuchli issiq ob-havo sababli 20 ta yirik o‘rmon yong‘ini yuzaga kelmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Yong‘inlarni o‘chirish ishlari murakkablashganidan so‘ng, hukumat qo‘shimcha 500 nafar harbiy xizmatchini safarbar etdi. Galisiya mintaqasida bir nechta yong‘in birlashib, katta maydonni qamrab olgan yong‘inga aylangan.

Bu vaziyat tufayli ayrim avtomobil yo‘llari va temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi. So‘nggi bir hafta ichida yong‘inlar uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi va 115 ming gektardan ortiq hududni vayron qildi.

Shuningdek, Portugaliyada ham o‘rmon yong‘inlari keng tarqalib, katta zarar yetkazmoqda. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, ayrim hududlarda havo harorati 45 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches vaziyatning jiddiyligini ta’kidlab, qo‘shimcha harbiy kuchlar yuborilishini ma’lum qildi. Rasmiylar seshanbadan boshlab havo biroz salqinlashishini kutmoqda.

Hozircha esa yuqori harorat va quruq ob-havo yong‘inlarga qarshi kurashni murakkablashtirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026