ENRU

Isroil G‘azoga keng ko‘lamli hujum boshlaydi

Dunyo
37
Isroil G‘azoga keng ko‘lamli hujum boshlaydi
Isroil armiyasi G‘azo shahriga keng ko‘lamli hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Rejaga muvofiq, sentabr oyida 60 ming nafar zahiradagi harbiy chaqiriladi. Asosiy jangovar harakatlarni muntazam qo‘shinlar amalga oshiradi.

Hujum rejasi mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlangan va hozirda G‘azoning ayrim hududlarida amaliyotlar davom etmoqda. Isroilning bu qarori xalqaro maydonda keskin tanqidga uchramoqda.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron buni ikki xalq uchun halokatli voqea deb atadi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar ham hujum rejasini xavfli deb baholamoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa gumanitar tashkilotlar odamlarni majburan janubga ko‘chirish xalqaro huquq normalarini buzishi mumkinligini bildirgan. Janubiy hududlar allaqachon gavjum va aholi oziq-ovqat hamda yashash sharoitlarida qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Isroil hukumati asosiy maqsad sifatida Hamasni mag‘lub etish va garovdagilarni ozod qilishni ko‘rsatmoqda. Biroq sulh bo‘yicha hech qanday kelishuvga erishilmagani sababli vaziyatning yanada keskinlashishi ehtimoli katta.

Bu holat mintaqada xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solmoqda.

O‘xshash yangiliklar

AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40