Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

AQSh sharqida kuchli Erin bo‘roni xavfi

Dunyo
38
AQSh sharqida kuchli Erin bo‘roni xavfi
AQSh sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan shtatlar kuchli “Erin” bo‘roni xavfiga duch kelmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Mutaxassislar ushbu bo‘ron dengiz to‘lqinlari, suv toshqinlari va xavfli oqimlarni yuzaga keltirishi mumkinligini ogohlantirmoqda. Mahalliy hokimiyat aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.

Bo‘ron Atlantika okeani ustida harakatlanmoqda va quruqlikka chiqishi kutilmaydi. Biroq Shimoliy Karolina hududi eng ko‘p zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan joy sifatida belgilandi.

Shu sababli Nyu-Jersi va Delaver shtatlarida ham suzish taqiqlandi. Shimoliy Karolina gubernatori Josh Stein aholiga murojaat qilib, bo‘ron jiddiy xavf tug‘dirishini, hech kim dengizga kirmasligi kerakligini ta’kidladi.

U, shuningdek, qutqaruvchilar va Milliy gvardiyaning bo‘ron oqibatlariga tayyorligini bildirdi. Rasmiylar Hatteras orollarida majburiy evakuatsiya e’lon qildi, chunki asosiy yo‘llar suv ostida qolishi va odamlarning tashqariga chiqishi qiyinlashishi mumkin.

Bo‘ron shamollari soatiga 168 kilometr tezlikka yetmoqda, to‘lqin balandligi esa 4,5 metrga yetishi mumkin. Mutaxassislar bo‘ron odatdagidan kuchliroq ekanini va uning oqibatlari bir necha kun davom etishini ta’kidlashmoqda.

Aholi o‘z xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yishi zarur.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026