Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Niagara yaqinida avtobus ag‘darilib, 5 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
30
Niagara yaqinida avtobus ag‘darilib, 5 kishi halok bo‘ldi
Niagara sharsharasi yaqinida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nyu-Yorkka sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yo‘ldan chiqib, ag‘darildi. Hodisa natijasida besh kishi, jumladan bir bola halok bo‘ldi.

Yana o‘nlab yo‘lovchilar turli darajada tan jarohati oldi. Avtobusda jami 52 kishi bo‘lgan.

Nyu-York shtati politsiyasi qurbonlar soni ortishi mumkinligini ma’lum qildi. Mahalliy hokimiyatning xabariga ko‘ra, jarohat olganlarga tibbiy yordam berilmoqda.

Shuningdek, jabrlanganlarning ko‘pchiligi Hindiston, Xitoy va Filippindan kelgan sayyohlar bo‘lgani sababli til bo‘yicha ham yordam ko‘rsatilmoqda. Avtobusning yo‘ldan chiqish sababi hozircha aniq emas.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va natijada transport vositasi ag‘darilgan. Hodisa joyida tergov ishlari davom etmoqda.

Rasmiylar fuqarolardan ehtiyotkorlikni oshirishni so‘ramoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026