ENRU

Jirafalar to‘rtta mustaqil turga ajratildi

Dunyo
40
Jirafalar to‘rtta mustaqil turga ajratildi
Ko‘p yillar davomida biologiya sohasidagi mutaxassislar jirafalarni bir turga mansub deb hisoblab, ularni to‘qqizta kichik guruhga ajratib kelishgan. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ularning fikricha, jirafalar o‘rtasida katta farq yo‘q bo‘lib, ular tur doirasida turli hududlarga moslashgan. Biroq so‘nggi ilmiy tadqiqotlar, xususan genetik tahlillar va bosh suyagi tuzilishini chuqur o‘rganish natijalari bu qarashlarni o‘zgartirdi.

Ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, jirafalar o‘rtasidagi farqlar shunchalik katta bo‘ldiki, ularni bir tur emas, balki alohida to‘rtta mustaqil tur sifatida tasniflash zarur. Oxirgi o‘n yil ichida Afrikaning turli hududlaridan, xususan Niger cho‘llaridan Janubiy Sudan savannalarigacha bo‘lgan hududlardan yig‘ilgan namunalar tahlil qilindi.

Ushbu tadqiqotlar natijasida ilmiy jamoatchilik yangi xulosaga keldi: jirafalar aslida to‘rtta mustaqil turga bo‘linadi. Endilikda ular quyidagicha ajratiladi: Masai jirafasi, asosan Tanzaniya, Keniya va Ugandada tarqalgan; Shimoliy jirafa, Janubiy Sudandan Efiopiyagacha uchraydi va uchta kichik turga bo‘linadi; To‘rsimon jirafa, Keniya, Efiopiya va Somali savannalarida yashaydi; Janubiy jirafa esa Namibiya, Janubiy Afrika, Botsvana va qo‘shni davlatlarda keng tarqalgan.

Ushbu yangi tasnif jirafalar haqidagi bilimlarimizni yanada boyitdi va ularni himoya qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Ekvador janubida olimlar qurbaqalarning yangi turini kashf etdi
Ekvador janubida olimlar qurbaqalarning yangi turini kashf etdi
Ekvador janubida olimlar qurbaqalarning ilgari fanga noma’lum bo‘lgan yangi turini kashf etishdi. Excidobates perplexus deb nomlangan ushbu mitti jonivorning uzunligi
DunyoBugun, 03:46
Tramp millionlab amerikaliklarga bir martalik moddiy yordam beradi
Tramp millionlab amerikaliklarga bir martalik moddiy yordam beradi
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Medicare davlat tibbiy sug‘urta tizimidan foydalanuvchi 20 milliondan ortiq fuqaroga 90 dollardan bir martalik moddiy yordam berilishini e’lon
DunyoBugun, 03:10
Xitoyda o'ttiz ikki yil avval o'g'irlangan bola topildi
Xitoyda o'ttiz ikki yil avval o'g'irlangan bola topildi
Xitoyda 1988-yilda o‘g‘irlab ketilgan Mao Yin ismli bola oradan 32 yil o‘tib, onasining tinimsiz izlanishlari va zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘z oilasini topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:47
Qirg'iziston chegarada vabo sababli sanitariya nazoratini kuchaytirdi
Qirg'iziston chegarada vabo sababli sanitariya nazoratini kuchaytirdi
Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiya hududida vabo kasalligi aniqlangani haqidagi xabarlar ortidan davlat chegarasidagi barcha o‘tkazish punktlarida sanitariya-karantin nazoratini
DunyoBugun, 02:33
Hindistonda olti avloddan iborat ulkan oila ahillikda yashamoqda
Hindistonda olti avloddan iborat ulkan oila ahillikda yashamoqda
Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida istiqomat qiluvchi Nagappa xonadoni olti avlod vakillarini bir tom ostida birlashtirgani bilan butun dunyo e’tiborini tortmoqda.
DunyoBugun, 01:51
Ilhom Aliyev jahon siyosatiga ta'sir etuvchi ikki kuchni aytdi
Ilhom Aliyev jahon siyosatiga ta'sir etuvchi ikki kuchni aytdi
Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyev xalqaro maydondagi geosiyosiy vaziyat va mamlakatning tashqi siyosiy yo‘nalishi borasida muhim bayonot bilan chiqdi. Davlat rahbari
DunyoBugun, 01:30