Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Dorixona xodimlari arzon dorilarni yashirishda jarimaga tortiladi

Dunyo
32
Dorixona xodimlari arzon dorilarni yashirishda jarimaga tortiladi
1 sentabrdan boshlab dorixona xodimlari xaridorlarga mavjud bo‘lgan arzonroq muqobil dorilar haqida to‘liq ma’lumot bermasliklari natijasida katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Moskva davlat yuridik universiteti dotsenti Aleksey Kubishkin ma’lum qildi. Yangi tartib Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 1 sentabrdan kuchga kiradigan “Tibbiyotda yaxshi dorixona amaliyoti qoidalari”ga kiritilgan o‘zgartirishlarga asoslanadi.

Amaldagi qonunchilik dorixona mutaxassislari va rahbarlarini arzonroq preparatlar mavjudligi haqida ma’lumotni yashirmaslikka majbur qilgan bo‘lsa-da, talablar aniq belgilanmagan edi. Endilikda esa bunday holatlarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda sanksiyalar qo‘llanadi.

Qoidaga rioya qilmagan xodimlar 100 mingdan 200 ming rublgacha jarimaga tortilishi mumkin. Bu esa litsenziyani qo‘pol buzish sifatida baholanadi.

Bundan oldin farmatsevtlarga dori tanlashda noto‘g‘ri yondashuv uchun javobgarlik joriy etish taklif qilingan edi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, dorixona xodimlarining 60 foiz holatda marketing kelishuvi mavjud bo‘lgan preparatlarni xaridorlarga tavsiya qilish holatlari uchraydi.

Bu yangi tartib dorixona xodimlarini xaridorlarga dori tanlashda oshkoralik va halollikni ta’minlashga undaydi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026