Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Homiladorlikda paratsetamol bolaning miyasi uchun xavfli

Dunyo
40
Homiladorlikda paratsetamol bolaning miyasi uchun xavfli
Dunyo bo‘ylab keng tarqalgan va og‘riq hamda isitmani kamaytirishda eng ko‘p qo‘llaniladigan dorilardan biri bo‘lgan paratsetamol (atsetaminofen) haqida yangi ma’lumotlar e’lon qilindi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Xalqaro olimlar guruhi tomonidan o‘tkazilgan katta tadqiqot natijalariga ko‘ra, homiladorlik davrida paratsetamol qabul qilish tug‘ilayotgan bolaning asab tizimi rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda “Environmental Health” jurnalida ma’lumot berildi.

Mutaxassislar tomonidan o‘rganilgan 46 ta ilmiy ish tahlili shuni ko‘rsatdiki, paratsetamol qabul qilish va bolalarda diqqat yetishmovchiligi hamda giperaktivlik sindromi, shuningdek autizm spektri buzilishlari o‘rtasida kuchli bog‘liqlik mavjud. Ayniqsa, biomarkerlardan foydalanilgan va bolalarni uzoq yillar davomida kuzatgan tadqiqotlar bu xavf haqida ishonchli ma’lumotlar taqdim etdi.

Olimlarning fikricha, paratsetamol yo‘ldosh orqali homilaga o‘tadi va gormonal tizim, immun jarayonlar hamda oksidlanish stressining mexanizmlariga ta’sir qilishi mumkin. Bu esa rivojlanayotgan bolaning miyasi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 20 ta tadqiqotning 14 tasida homiladorlikda paratsetamol qabul qilgan onalarning farzandlarida diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi ko‘proq aniqlangan. Sakkizta tadqiqotning beshtasida esa paratsetamol va autizm o‘rtasida ham bog‘liqlik mavjudligi qayd etilgan.

Shuningdek, dozaga bog‘liq reaksiya ham aniqlangan: preparat miqdori va qabul qilish muddati qanchalik ortsa, xavf darajasi shunchalik oshadi. Tadqiqotchilar mazkur yo‘nalishdagi izlanishlarni davom ettirish niyatida.

Ular yanada yirik va turli guruhlar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Asosiy maqsad — paratsetamolning homiladorlik davridagi xavfini to‘liq aniqlash va homilador ayollar uchun og‘riq hamda isitmani davolashning xavfsiz usullarini topishdir.

Mutaxassislar ta’kidicha, paratsetamol dunyoda eng ko‘p qo‘llaniladigan dori vositalaridan biri bo‘lsa-da, uning homiladorlikda qo‘llanishi bilan bog‘liq bunday ma’lumotlar har bir inson, ayniqsa homilador ayollar uchun ogohlantiruvchi signal bo‘lishi kerak. Shuning uchun homiladorlikda dori vositalarini qabul qilishda ehtiyotkorlik zarurdir.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026