Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Fransiyada ikki o‘smir terror hujumiga tayyorlanayotgani aniqlandi

Dunyo
76
Fransiyada ikki o‘smir terror hujumiga tayyorlanayotgani aniqlandi
Fransiya politsiyasi Eyfel minorasi va sinagogalarga qarshi terror hujumini rejalashtirgan 15 va 17 yoshli ikki o‘smirni hibsga oldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu holat haqida Le Figaro nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘smirlar Parij yaqinida tug‘ilgan va arab-musulmon oilalarida ulg‘aygan.

Ular ISHID guruhining g‘oyalariga hamdardlik bildirib, zo‘ravonlikka oid kontentlarni muntazam almashib kelgan. Shuningdek, xorijga jihod uchun ketish haqida suhbatlashganlari aniqlangan.

Yaqinda esa Fransiya hududida hujumlar uyushtirish niyatida ekanliklarini bildirganlar. Ayniqsa, Isroilning G‘azodagi harbiy operatsiyalari munosabati bilan Eyfel minorasi va sinagogalarga e’tibor qaratishgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ular aniq hujum joyini belgilamagan bo‘lsa-da, qorong‘u internet tarmoqlari orqali qurol izlashni boshlagan. 1 avgust kuni o‘smirlar terrorchilik maqsadida jinoiy til biriktirish aybi bilan sudga taqdim etildi.

Le Figaro yozishicha, Fransiyada voyaga yetmaganlar orasida terrorizmga moyillik ortib borayotgani jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. 2022 yilda ushbu jinoyat bo‘yicha faqat ikki bola ushlangan bo‘lsa, 2023 yilda ularning soni 15, 2024 yilda esa 18 nafarga yetgan.

2025 yil boshidan beri yana 13 nafar voyaga yetmagan shaxs hibsga olingan. Yevropol hisobotida ko‘rsatilishicha, Yevropa Ittifoqida terrorchilikda gumon qilinganlarning uchdan bir qismi 20 yoshdan kichik.

Shu bois Fransiya milliy aksilterror prokuraturasi 2023 yil may oyida aynan voyaga yetmaganlar bilan ishlash uchun alohida bo‘lim tashkil etdi. Bu chora yoshlar orasida terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026