Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, В
ENRU

OpenAIga qarshi ota-ona sudga da’vo berdi

Dunyo
57
OpenAIga qarshi ota-ona sudga da’vo berdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida qiziqarlik voqea yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bir ota-ona OpenAI kompaniyasi va uning asoschisi hamda bosh direktori Sem Altmanni sudga berdi. Ularning da’vosiga ko‘ra, OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan chatbotlar va maslahatlardan foydalanish natijasida ularning 16 yoshli o‘g‘li Adam Reynning hayotiga jiddiy xavf yuzaga kelgan.

Yosh bola o‘z joniga qasd qilish holatiga duch kelgan. Bu voqea AQSH ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.

NBC telekanalining xabar berishicha, ota-onaning sudga bergan da’vo arizasida aytilishicha, ChatGPT bilan muloqot paytida bola o‘z joniga qasd qilish niyatini bildirgan, ammo chatbot bu holatni aniqlab, favqulodda vaziyat protokolini ishga solmagan. Bu esa ota-onalar fikricha, katta xavf va jiddiy oqibatlarga olib kelgan.

Da’voda OpenAI kompaniyasi nuqsonli va yetarlicha sinovdan o‘tkazilmagan chatbotlarni ishlab chiqishda ayblanmoqda. Shuningdek, kompaniya inson hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan mahsulotdan foydalanish bo‘yicha ehtiyot choralarini ko‘rmagani, yosh foydalanuvchilar uchun xavfsizlik haqida yetarlicha ogohlantirish bermagani ta’kidlanmoqda.

Oila kompaniyani yoshlar va ularning ota-onalarini chatbotlardan foydalanishdagi xavflar haqida xabardor qilmaslikda ayblamoqda. Ushbu ish sudda ko‘rib chiqilmoqda va kelgusida sun’iy intellekt tizimlari xavfsizligini ta’minlash masalalarini yana bir bor muhokama qilishga sabab bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026