Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Ukraina droni Rossiya razvedka kemasini cho‘ktirdi

Dunyo
48
Ukraina droni Rossiya razvedka kemasini cho‘ktirdi
Rossiya Mudofaa vazirligi 28 avgust kuni Ukraina harbiy-dengiz kuchlariga tegishli «Simferopol» nomli razvedka kemasining dron zarbasi natijasida cho‘ktirilgani haqida ma’lumot berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Tez orada ushbu hujum Ukraina harbiy-dengiz kuchlari tomonidan ham tasdiqlandi. Bu Rossiya armiyasi uchun ekipajsiz kater yordamida dushman kemasini yo‘q qilishdagi birinchi muvaffaqiyatli urinish hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Dumska» nashri yozishicha, hujum yarim tun atrofida amalga oshirilgan. «Simferopol» o‘sha paytda Dunay daryosining quyi qismida harakatlanayotgan edi.

Zarba oqibatida kemaning bortida katta teshik hosil bo‘lib, kema ag‘darilib, suvga cho‘kdi. Ukraina harbiy-dengiz kuchlari rasmiy vakili Dmitriy Pletonchukning so‘zlariga ko‘ra, ekipaj a’zolarining bir qismi hozirda bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Bir kishi halok bo‘lgan, yana bir necha harbiy jarohat olgani haqida xabar berilmoqda. Bu voqea Rossiya tomonidan Ukraina kemalariga qarshi dengiz dronlaridan samarali foydalanishning ilk rasmiy holati sifatida qayd etildi.

Mudofaa vazirligi ushbu hujum videosini ham e’lon qilib, keng jamoatchilik e’tiboriga havola qildi. «Ribar» telegram-kanali esa dron zarba berishdan oldin Dunay o‘zani bo‘ylab taxminan 25 kilometr masofani bosib o‘tganini qayd etdi.

Kanal mualliflarining ta’kidlashicha, ukrainalik kuzatuvchilar dronni o‘z texnikalari deb hisoblagani ham ehtimoldan xoli emas. Shu tariqa, «Simferopol»ning cho‘ktirilishi Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi dengizdagi to‘qnashuvlar yangi bosqichga o‘tganini ko‘rsatmoqda.

Bu voqea nafaqat harbiy sohada, balki geosiyosiy jarayonlarda ham jiddiy aks-sado berishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026