Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Xitoyda onasini 30 yildan keyin topdi

Dunyo
30
Xitoyda onasini 30 yildan keyin topdi
Xitoyda yashovchi ayol 30 yildan ortiq vaqt davomida yo‘qolgan onasini jonli efirda topdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu voqea South China Morning Post nashri tomonidan yoritildi. 32 yoshli Yan ismli qiz Venchjou shahridagi poyabzal fabrikasida ishlaydi.

Yaqinda u qisqa videolar platformasida jonli efirda ishtirok etayotganda, Su ismli ayolni ko‘rdi. Su 52 yoshda bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda “Ikkinchi qizimni qidiryapman” nomi bilan tanilgan va 2022-yildan beri qizini topishga urinib kelmoqda edi.

Yan bolaligida asrab olingan va biologik oilasini bilmas edi. Kattalashgach, ota-onasini qidirishga qaror qildi.

Jonli efirda o‘ziga o‘xshash ayolni ko‘rganida, “Men sizning qizingiz bo‘lishim mumkin”, deb izoh qoldirdi. Su esa Yanini politsiyaga murojaat qilishga undadi.

Politsiya yordamida ular bog‘landilar va DNK tahlili onaning qizi ekanligini tasdiqladi. Su intervyuda qizi oilada eng kichik farzand ekanini va moddiy qiyinchiliklar tufayli uni qarindoshlariga topshirishga majbur bo‘lganini aytdi.

Keyinchalik Yan boshqa oilaga asrab berilgan. Hozircha Yan oilasiga qaytishi haqida qarorini oshkor qilgani yo‘q.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil iyun holatiga ko‘ra, Xitoyning DNK asosidagi qidiruv tizimi yordamida 11 198 nafar bedarak yo‘qolgan bola o‘z oilasiga qaytgan. Yan va Su haqidagi voqea esa bu tizimning inson hayotidagi ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026