Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Tokioda Fudzi tog‘i portlashiga tayyorgarlik kuchaytirildi

Dunyo
45
Tokioda Fudzi tog‘i portlashiga tayyorgarlik kuchaytirildi
Yaponiya poytaxti Tokioda rasmiylar Fudzi tog‘ining ehtimoliy portlashi yuzasidan tayyorgarlikni kuchaytirmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu jarayonda ular sun’iy intellekt va kompyuter simulyatsiyalaridan foydalanib, eng yomon ssenariyni namoyish etdi. Fudzi tog‘i 1707 yildan beri faol otilmayapti, ammo rasmiylar uning portlashi ehtimoli borligini hisobga olib, portlash kuchi va ta’sirini ko‘rsatadigan videolarni taqdim etdi.

Tokiodagi hukumat ma’lumotiga ko‘ra, vulqon istalgan vaqtda ogohlantirishsiz portlashi mumkin. Simulyatsiya natijalariga ko‘ra, vulqondan chiqqan kul poytaxtni taxminan 100 kilometr radiusda bir necha soat ichida qoplaydi.

Bu esa transport tizimining to‘xtashi, oziq-ovqat va elektr ta’minotining uzilishi, shuningdek uzoq muddatli nafas olish muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Videoda aholiga falokatlarga tayyorlanish va kundalik hayotda ehtiyot choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlangan.

Shuningdek, oilaviy oshxonada konserva oziq-ovqat va birinchi yordam vositalarini tayyorlab qo‘yish tavsiya etilgan. Tokio hukumati hozircha Fudzi tog‘ida otilish belgilarini qayd etmaganini bildirgan.

Ularning aytishicha, simulyatsiya aholiga aniq ma’lumot berish hamda favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish maqsadida ishlab chiqilgan. Shunday qilib, rasmiylar portlash xavfiga qarshi oldindan tayyorgarlik ko‘rishni muhim deb hisoblamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026