Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Tolibon Afg‘onistonda to‘y marosimlarini qat’iy taqiqladi

Dunyo
47
Tolibon Afg‘onistonda to‘y marosimlarini qat’iy taqiqladi
Afg‘onistonda “Tolibon” muvaqqat hukumatining oliy rahbari Xaybatulloh Oxundzoda yangi farmon qabul qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu farmonga ko‘ra, an’anaviy to‘y marosimlarining ayrim qismi islomiy me’yorlarga zid va moliyaviy yuk bo‘luvchi deb topilib, qat’iy taqiqlandi. Yangi qoidalarga muvofiq, to‘y marosimlarida haddan tashqari katta pul to‘lash, to‘yana sifatida katta mablag‘ berish, to‘ydan oldingi va keyingi ziyofatlar hamda qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish kabi urf-odatlar yo‘q qilinadi.

Shuningdek, fotiha to‘yidan keyin bir yil ichida bir martadan ortiq sovg‘a berishga ruxsat berilmaydi. Farmonda asosiy taqiqlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi.

Fotiha va payvaziy bazmlarini o‘tkazish man etiladi. Dastmol xuriy marosimida sovg‘alar faqat kelin va kuyov o‘rtasida almashiladi, mehmonxonalarda esa bunday tadbirlarga ruxsat yo‘q.

Kelin fotiha to‘yidan keyin yiliga bir martadan ortiq kiyim sovg‘a sifatida qabul qila olmaydi, kuyovga esa umuman sovg‘a berilmaydi. To‘ylar kuyovning imkoniyatlariga mos holda va qimmat mehmonxonalarsiz tashkil qilinishi shart.

Davlatga tegishli transport vositalarini to‘ylarda ishlatish taqiqlanadi. Kuyov kelin uyiga taom yubormaydi, kelin oilasi esa shirinliklar uchun haq talab qilmaydi.

Shuningdek, qiz almashish orqali nizolarni hal etish amaliyoti – badal – mutlaqo man qilindi. Qimmat sovg‘alar mukofoti sifatida o‘tkaziladigan tanlovlar, osmonga o‘q uzish va xavfli mashina haydash ham taqiqqa uchradi.

To‘ydan keyingi pul yoki kiyim-kechak ko‘rinishidagi ronamoy sovg‘alari bekor qilindi. Valvar va shunga o‘xshash kelin puli ham taqiqqa kiritildi.

Farmonda, shuningdek, to‘y marosimlari fotiha to‘yi va nikohdan ko‘p o‘tmay, ortiqcha sarf-xarajatlarsiz o‘tkazilishi shartligi ta’kidlandi. Ekspertlarning fikricha, bu qadam Afg‘onistondagi qiyin iqtisodiy vaziyat bilan bog‘liq.

Ishsizlik va qashshoqlik oshgan sharoitda ko‘plab yoshlar uylanish imkoniyatidan mahrum bo‘lmoqda. Shuningdek, “Tolibon”ning ayollarga ta’lim va mehnat sohasidagi cheklovlari ortiqcha talablar bilan birga oilalarda norozilikni kuchaytirmoqda.

Ta’kidlash joizki, “Tolibon” hokimiyatga kelganidan so‘ng to‘ylarda jonli musiqa, erkak va ayollarning raqsga tushishi, alkogol ichimliklar hamda turli ko‘ngilochar tanlovlarga ham taqiq qo‘yilgan edi. Bu farmon bilan esa to‘y marosimlaridagi moliyaviy va madaniy yuklarni kamaytirish hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash maqsad qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026