ENRU

Antarktidadagi A23a aysbergi tez parchalanmoqda

Dunyo
72
Antarktidadagi A23a aysbergi tez parchalanmoqda
Antarktidadagi A23a aysbergi qariyb 40 yil davomida suzib yurganidan so‘ng, hozirda iliq suvlar ta’sirida parchalanish jarayoniga kirishdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

The Guardian nashrining xabariga ko‘ra, ushbu aysberg yaqin haftalarda to‘liq yo‘qolishi mumkin. Dastlab “megaaysberg” deb atalgan bu muz toshining og‘irligi bir trillion tonnaga yaqin bo‘lgan.

Hozir uning maydoni yarmidan ko‘p qismini yo‘qotib, 1770 kvadrat kilometrga kamaygan. Yevropa Ittifoqining Kopernik kosmik kuzatuv dasturining suratlarida aysbergning yuzasi 60 kilometrga yaqin kenglikda ekanligi aniqlangan.

So‘nggi haftalarda aysbergdan 400 kvadrat kilometr hajmida katta bo‘laklar ajralib chiqqan. Britaniya Antarktika tadqiqot markazi okeanografi Endryu Meyjersning ma’lumotlariga ko‘ra, aysberg shimolga siljishi bilan tez sur’atda parchalanmoqda va bu jarayon har kuni kuzatilmoqda.

A23a ilk bor 1986-yilda Antarktida muzligidan ajralib chiqqan, biroq Ueddell dengizining tubida 30 yilga yaqin muddat qotib qolgan. Faqat 2020-yildan keyin kuchli okean oqimlari ta’sirida suzishni boshlagan va Janubiy Atlantikadagi “aysberg yo‘lagi”dan o‘tgan.

2025-yil boshida aysberg Janubiy Jorjiya oroli yaqinida to‘xtab qoldi, bu esa pingvinlar va tyulenlar koloniyalari uchun xavf tug‘dirdi. Keyinchalik may oyida u yana harakatga kelib, bir kunda 20 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tib, shimolga yo‘naldi.

Olimlarning fikricha, aysbergning parchalanishi iliq suvlar va kuchli to‘lqinlar ta’siri bilan bog‘liq. Shu bilan birga, aysberglarning tez erishi inson faoliyati va global iqlim o‘zgarishlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu Antarktida ekotizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

A23a aysbergining uzoq vaqt yaxlit holda saqlanganligi esa tabiiy hodisa sifatida hayratlanarli hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40