Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Isroilda Netanyaxu uyining oldida norozilik namoyishi

Dunyo
37
Isroilda Netanyaxu uyining oldida norozilik namoyishi
Isroilda vaziyat keskinlashmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Yuzlab odamlar Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning Quddusdagi uyi yaqinida yig‘ilib, norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda. Namoyishchilar orasida asabiylik kuchayib, chiqindi konteynerlari va avtomobil shinalariga olov qo‘yildi.

Bu haqda “The Jerusalem Post” nashri xabar berdi. Norozilar asosiy talab sifatida G‘azo hududidagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishishni ko‘rsatmoqda.

Ular hukumatni amaliy chora ko‘rmayotganlikda ayblamoqda. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Rexaviya va Givat Ram tumanlarida zarar asosan avtomobillarga yetgan, jiddiy talofatlar yo‘q.

Bir guruh namoyishchilar Milliy kutubxona binosining tomiga chiqib, “HAMAS qo‘lida qolgan asirlar uchun hukumat yetarlicha harakat qilmayapti” degan shiorlar bilan chiqish qildi. Shu bilan birga, Latrun yo‘li orqali bir necha mashina Quddusga yo‘l olib, urushni to‘xtatish va asirlarni ozod qilishni talab qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu namoyishlar “G‘azodagi asirlar huquqlarini himoya qilish harakati” tashabbusi doirasida o‘tkazilmoqda. Namoyishlar hukumat G‘azoni bosib olish rejasini davom ettirayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi.

Xabarlarda aytilishicha, HAMAS Qatar orqali taklif qilingan almashinuv taklifini qabul qilgan, ammo Netanyaxu uni rad etgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo hududida hozirda 20 isroillik asir tirik, 28 nafari esa halok bo‘lgan.

Isroil armiyasi 30 kundan beri quruqlik amaliyotini davom ettirib, shaharni to‘liq qurshab olgan. Havodan va artilleriyadan berilayotgan zarbalar ko‘p hollarda tinch aholiga ham ta’sir qilmoqda.

So‘nggi sutka ichida 119 nafar falastinlik, jumladan ikki jurnalist va ko‘plab yordamga muhtoj fuqarolar halok bo‘ldi. Mintaqadagi gumanitar vaziyat og‘irlashmoqda.

Minglab odamlar G‘azoning G‘arbiy sohilida vaqtincha chodirlarda yashamoqda. Xalqaro tashkilotlar hududda aholi uchun xavfsiz joy qolmaganini ma’lum qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil zarbalari natijasida 63 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash muassasalari ma’lumotiga ko‘ra, 367 kishi, jumladan 131 bola ochlik sababli vafot etgan.

Isroil hukumati G‘azoda oziq-ovqat tanqisligini tan olgan bo‘lsa-da, ommaviy ocharchilik haqidagi ayblovlarni rad etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026