Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Lego "O‘lim yulduzi" eng qimmat to‘plamni chiqardi

Dunyo
83
Lego
Lego kompaniyasi yana bir bor tarixda o‘z o‘rnini mustahkamladi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Meduza nashrining ma’lumotiga ko‘ra, mashhur daniyalik kompaniya Star Wars ("Yulduzli urushlar") filmiga asoslangan eng yirik va qimmat konstruktor to‘plamini taqdim etdi. Yangi to‘plam "O‘lim yulduzi" nomi bilan tanilgan bo‘lib, uning narxi 999,99 dollar, ya’ni taxminan 12,5 million so‘m atrofida belgilangan.

Bu LEGO tarixidagi eng qimmat to‘plamlardan biri hisoblanadi. Mazkur konstruktor to‘plami 9000 dan ortiq detalga ega bo‘lib, uning balandligi 70 santimetr, kengligi esa 80 santimetrni tashkil etadi.

Komplektda 38 ta personaj figurasi mavjud bo‘lib, ular orasida Lyuk Skayuoker, Xan Solo, Malika Leya va Imperator Palpatin kabi mashhur qahramonlar bor. To‘plam bir necha sektorlarga bo‘lingan va har bir sektor "Yulduzli urushlar" filmidagi muhim sahnalarni qayta yaratishga imkon beradi.

Jumladan, Malika Leyaning qamoqxonasi, Imperator Palpatinning taxt zali va angar boshqaruv markazi kabi joylar mavjud. Ushbu konstruktor nafaqat bolalar, balki Star Wars franshizasining barcha yoshdagi muxlislari uchun mo‘ljallangan.

Kollektorlik mahsuloti sifatida keng qiziqish uyg‘otmoqda va taqdimotdan oldin ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab bo‘ldi. Rasmiy savdolar 2025 yil 4 oktyabrda boshlanadi.

LEGO kompaniyasi mahsulotga katta talab bo‘lishini kutmoqda, ayrim fanatlar esa allaqachon to‘plamni oldindan buyurtma qilishga harakat qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, bugunga qadar eng qimmat LEGO to‘plami ham "Yulduzli urushlar" mavzusida bo‘lib, 2017 yilda chiqarilgan "Millennium Falcon" modeli edi.

U 7400 detalga ega bo‘lib, hozirgi narxi taxminan 850 dollar yoki 10,6 million so‘m atrofida baholanmoqda. Yangi "O‘lim yulduzi" to‘plami esa shu rekordni yangilashga tayyorlanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026