Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Putin Zelenskiyni Moskvaga xavfsizlik kafolatida taklif qildi

Dunyo
17
Putin Zelenskiyni Moskvaga xavfsizlik kafolatida taklif qildi
Sharqiy iqtisodiy forum doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin muhim bayonot bilan chiqdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, agar Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Moskvaga tashrif buyursa, Rossiya tomoni uning xavfsizligini to‘liq kafolatlaydi. Putin so‘zlariga ko‘ra, Ukraina rahbariyati uchrashuv o‘tkazish istagini bildirgan va Rossiya bu taklifdan xabardor.

U Zelenskiyni Moskvaga taklif qilib, xavfsizlik va ish sharoitlari yuz foiz ta’minlanishini ta’kidladi. Shuningdek, Rossiya prezidenti Zelenskiy bilan uchrashuvni boshqa davlatlarda tashkil etish takliflarini ortiqcha va ma’nosiz deb baholadi.

U muloqot uchun eng yaxshi joy Rossiya poytaxti Moskva ekanini qayd etdi. Putin muloqotga ochiqligini bildirar ekan, hozirda bu uchrashuvdan katta ma’no ko‘rmayotganini ham aytdi.

Uning fikricha, siyosiy iroda mavjud bo‘lsa ham, Ukraina bilan asosiy masalalar bo‘yicha kelishuvga erishish oson bo‘lmaydi. Eslatib o‘tamiz, avval ham Putin Zelenskiyni Moskvada muzokaralar o‘tkazishga taklif qilgan edi.

Biroq Ukraina prezidenti bunday uchrashuvga tayyorligini bildirgan bo‘lsa-da, faqat Moskvada emas, degan pozitsiyasini ma’lum qilgan. Bu holat ikki tomon o‘rtasidagi muloqotning murakkabligini ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026