Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Fransiyalik velosipedchi Rossiyada hibsga olindi

Dunyo
54
Fransiyalik velosipedchi Rossiyada hibsga olindi
Rossiyada noodatiy holat yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Fransiyalik sayyoh va velosipedchi Sofian Sexili noqonuniy chegara buzishda ayblanib, Vladivostok shahrida hibsga olindi. Bu haqda Fransiyadagi nufuzli “Le Monde” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sportchi Yevroosiyo bo‘ylab velosipedda sayohat qilib, jahon rekordini yangilashni maqsad qilgan edi. Uning yo‘li Portugaliya poytaxti Lissabondan boshlanib, manzili Vladivostok sifatida belgilangan.

Ammo sayohat rejasi kutilmagan muammoga duch keldi. 2 sentyabr kuni Xitoy va Rossiya chegarasida bojxonachilar uni to‘xtatib, qonun buzilishida ayblashdi.

Sexili Rossiya hududiga kirishga ikki marta urinib ko‘rdi. Har safar u turli nuqtalardan o‘tishga harakat qilgan, ular chegaradan taxminan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan edi.

Ammo har ikkala urinish ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Sofian Sexili 1981 yilda tug‘ilgan.

Avval hujjatli filmlar suratga olish bilan shug‘ullangan, keyinchalik esa rejissyorlik faoliyatini to‘xtatib, sportga e’tibor qaratgan. 44 yoshida katta velosiped safarlariga chiqib, o‘zini sinovdan o‘tkazishni boshladi.

Shu vaqtga qadar u taxminan 20 ta yirik musobaqada qatnashib, ulardan 11 tasida g‘alaba qozongan. Mutaxassislar fikricha, Sexilining sayohati nafaqat shaxsiy rekord o‘rnatishga, balki Yevroosiyodagi sport turizmini rivojlantirishga ham qaratilgan edi.

Biroq Rossiyada yuz bergan voqea uning rejalariga katta to‘siq bo‘ldi. Hozirda fransiyalik sportchiga nisbatan rasmiy surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Uning taqdiri va keyingi safarlari qanday yakunlanishi hozircha noma’lum.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026