Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Turkiyada ijtimoiy tarmoqlarga kirish cheklandi

Dunyo
25
Turkiyada ijtimoiy tarmoqlarga kirish cheklandi
Turkiyada axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga yangi cheklovlar joriy etildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Xorijiy ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, Istanbul shahrida mitinglar o‘tayotgan paytda mashhur onlayn platformalarga kirishda katta muammolar yuzaga keldi. 7 sentyabr kuni soat 20:45 atrofida X (sobiq Twitter), YouTube, Instagram, Facebook, TikTok va WhatsApp kabi ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarga ulanishda uzilishlar boshlandi.

Foydalanuvchilar ushbu xizmatlardan foydalanishda cheklovlar mavjudligini va ularning sekin ishlayotganini bildirgan. Ekspertlar fikricha, bu cheklovlar Turkiya Internet provayderlari ittifoqi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin, ammo hozircha tashkilotdan rasmiy izoh berilmagan.

Mahalliy jurnalistlar ma’lumotlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarga kirishning cheklanishi siyosiy voqealar bilan bog‘liq. Aniqlanishicha, cheklovlar Respublika Xalq partiyasining Istanbuldagi bosh qarorgohi oldida politsiya tomonidan barrikadalar o‘rnatilganidan keyin joriy qilingan.

Shu sababli partiya faollari va tarafdorlari aholini ommaviy mitinglarga chaqirgan. Natijada, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan chaqiriqlar va videoyozuvlarning tez tarqalishini oldini olish maqsadida onlayn platformalarning ishlashi cheklangan.

Bu holat jamoat tartibini saqlash va siyosiy vaziyatni nazorat qilish uchun qilingan choralar sifatida baholanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026