Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Nepalda ijtimoiy tarmoqlar taqiqi norozilikka olib keldi

Dunyo
53
Nepalda ijtimoiy tarmoqlar taqiqi norozilikka olib keldi
Nepalda norozilik namoyishlari kuchayib, qonli to‘qnashuv bilan yakunlandi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

8 sentyabr kuni “The Kathmandu Post” nashrining xabariga ko‘ra, politsiya namoyishchilarga o‘q uzishi natijasida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu voqea mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan qat’iy qarorning oqibatidir.

Rasmiylar Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligida ro‘yxatdan o‘tmagan yirik ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini taqiqlashga qaror qilgan. Ushbu taqiqga Meta (Facebook, Instagram), Alphabet (YouTube), X (sobiq Twitter), Reddit va LinkedIn kabi platformalar kiritilgan.

Parlamentdagi asosiy muxolifat kuchlaridan biri bo‘lgan Nepal Kommunistik partiyasi vakili Xit Raj Pandi bu qarorni qabul qilib bo‘lmasligini bildirgan. U ijtimoiy tarmoqlarni yopish so‘z erkinligini cheklash bilan birga mamlakatda tartibsizlik va to‘qnashuvlarga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

Norozilar Nyu-Baneshvar tumanida to‘planib, cheklovlarga va hukumatdagi korrupsiyaga qarshi chiqishgan. Dastlab tinch o‘tgan namoyish qisqa vaqt ichida keskin to‘qnashuvga aylangan.

Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun kuch ishlatib, oxir-oqibat qurol qo‘llagan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvda 14 kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq odam turli darajada jarohat olgan.

Ularning kamida 10 nafari og‘ir ahvolda. Mutaxassislar bu voqea Nepalda siyosiy beqarorlikni kuchaytirishini va hukumat siyosatiga tanqidlarni oshirishini aytmoqda.

Jamoatchilik hukumatdan cheklovlarni bekor qilish va tinchlikni tiklashni talab qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026