Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Rossiyada xorijiy haydovchilarga kirish taqiqi kutilmoqda

Dunyo
21
Rossiyada xorijiy haydovchilarga kirish taqiqi kutilmoqda
Rossiya Federatsiyasi hududida tartib-intizom va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat hukumati tomonidan tayyorlanayotgan yangi chora-tadbirlar doirasida qoidabuzar xorijiy fuqarolarning Rossiyaga kirishi yoki mamlakatda qolishi cheklanishi mumkinligi haqida RIA Novosti xabar berdi. Amaldagi federal migratsiya qonunchiligiga ko‘ra, agar xorijiy fuqaro uch yil ichida ikki yoki undan ortiq marta ma’muriy javobgarlikka tortilsa, unga Rossiyaga kirish taqiqi qo‘yilishi mumkin.

Bu cheklovlar ayniqsa yo‘l harakati qoidalarini buzgan holatlarga taalluqlidir. Huquqiy hujjatda misol tariqasida texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositasini haydash, piyodalar o‘tish joyida ustunlik bermaslik, davlat raqamlarini noto‘g‘ri o‘rnatish kabi qoidabuzarliklar keltirilgan.

Bunday qonunbuzarliklar xorijlik haydovchilar uchun katta muammo tug‘dirishi mumkin va natijada ularga uch yilgacha Rossiyaga kirish taqiqlanishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Mutasaddilar ta’kidicha, bu chora-tadbirlar Rossiyada qonuniylikni mustahkamlash, yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida joriy etilmoqda.

Shu bilan birga, xorijiy mehnat muhojirlari va haydovchilardan mamlakat qonunlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish talab qilinadi. Jamoatchilik orasida bu tashabbus turli fikrlarni yuzaga keltirdi.

Ayrimlar yo‘l harakati intizomini kuchaytiradi, deb hisoblasa, boshqalar xorijliklar uchun juda qattiq cheklov bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Yakuniy qaror qabul qilinsa, Rossiyaga keluvchi har bir xorijiy fuqaro yo‘l qoidalariga jiddiy rioya qilishi lozim bo‘ladi.

Chunki kichik qoidabuzarlik ham ularning mamlakatga kirish imkoniyatini yo‘qotishiga sabab bo‘lishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026