Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Nepalda norozilikda 900 mahbus qamoqdan qochdi

Dunyo
29
Nepalda norozilikda 900 mahbus qamoqdan qochdi
Nepalda davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlari natijasida taxminan 900 nafar mahbus qamoqdan qochdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda India Today nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Poxra shahrida namoyishchilar mahalliy qamoqxonaga hujum qilib, politsiya xodimlarini ushlab olishga harakat qilishgan.

Voqea joyidagi xodimlar vaziyatni nazorat qila olmadi. Katmandu shahrida esa namoyishchilar Naxu qamoqxonasi binosining bir qismini yoqib yuborgan, natijada barcha mahbuslar ozod qilingan.

Ozod qilinganlar orasida sobiq ichki ishlar vaziri Ravi Lamichhane ham bor edi. Unga tarafdorlari yordam berib, uyiga yetkazishdi.

Hozirda bu ikki shaharda vaziyat keskin va nazoratsiz davom etmoqda. Rasmiylar xavfsizlik choralarini kuchaytirib, qo‘shimcha politsiya kuchlarini jalb qilgan.

Nepaldagi noroziliklar va zo‘ravon namoyishlar davomida kamida 22 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohatlandi. Xavfsizlik kuchlari Federal parlament binosi yaqinidagi namoyishchilarga qarshi o‘t ochdi.

Namoyishchilar hukumatning muhim inshootlariga, jumladan parlament binosi va prezident qarorgohiga ham hujum qildi. Shuningdek, sobiq bosh vazir Jalanat Xonalning rafiqasi Rajyalakshmi Chitrakar namoyishchilar tomonidan uyiga qilgan hujum natijasida vafot etdi.

Namoyishchilar mamlakatdagi vaziyatni o‘z nazoratiga olganini da’vo qilmoqda, biroq rasmiylar bu ma’lumotlarni rad etmoqda. Mamlakatda norozilik va tartibsizlik holati hanuz davom etmoqda, vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida rasmiylar va xavfsizlik kuchlari muntazam chora-tadbirlar ko‘rmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026