Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Xunanlik bola ortiqcha uy vazifasidan kasallandi

Dunyo
27
Xunanlik bola ortiqcha uy vazifasidan kasallandi
Xitoyning Xunan viloyatida 11 yoshli maktab o‘quvchisi ortiqcha uy vazifalari bajarish natijasida sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, 26 avgust kuni Lyan Lyan ismli bola soat 08:00 dan kechki 22:00 gacha uzluksiz dars tayyorlash bilan band bo‘lgan. U bir kunda barcha yozgi vazifalarini tugatishga harakat qilgan.

Bir necha soat o‘tib, unda bosh aylanishi, qo‘l va oyoqlarda zaiflik, bosh og‘rig‘i va nafas qisishi kabi alomatlar paydo bo‘lgan. Ota-onasi uni darhol shifokorga olib borgan.

Mutaxassislar bola tanasida giperventilyatsiya sindromi aniqlanganini ma’lum qilgan. Ushbu holat doimiy fikriy va hissiy zo‘riqish natijasida yuzaga kelgan.

Bolaga maxsus nafas olish niqobi taqilib, qisqa vaqt ichida ahvoli yaxshilangan. Shifokorlar ota-onalar tomonidan berilayotgan bosim, imtihon oldi xavotirlari hamda uzoq vaqt gadjetlardan foydalanish bunday holatlarning asosiy sabablari ekanligini ta’kidlamoqda.

Giperventilyatsiya sindromi nafas olishda qiyinchilik, mushaklarning tortishi, yurak urishining tezlashishi kabi belgilarga olib kelishi mumkin va hatto hayot uchun xavfli bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Xunan viloyatida avgust oyida shunga o‘xshash alomatlar bilan tez tibbiy yordamga 30 dan ortiq bola murojaat qilgani qayd etilgan.

Bu ko‘rsatkich oldingi oylar bilan solishtirganda o‘n barobar ko‘pdir. Shu sababli ota-onalar va maktablar bolalarning sog‘lig‘iga alohida e’tibor qaratishi zarur.

Bolalarga ortiqcha yuklamalar berish o‘rniga ularning dam olish va sog‘lom rivojlanishi ta’minlanishi lozim.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026