Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Olmaotada portlashda uch o‘zbek halok bo‘ldi

Dunyo
41
Olmaotada portlashda uch o‘zbek halok bo‘ldi
Qozog‘istonning Olmaota viloyatida 11 sentyabr kuni kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ili tumani hududida joylashgan LGN Metal metall qabul qilish korxonasida yuz bergan ushbu hodisa natijasida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqida mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar tarqatgan bo‘lsa, O‘zbekiston Migratsiya agentligi voqeani rasman tasdiqladi.

Hozirda marhumlarning jasadlarini O‘zbekistonga qaytarish uchun zarur rasmiylashtirish ishlari davom etmoqda. Portlash Bayserke qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Tuman politsiyasi tomonidan “Mehnat muhofazasi qoidalarini buzish hamda inson o‘limiga sababchi bo‘lish” moddasi asosida jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Korxona egasi Amirbek Sherbayevning so‘zlariga ko‘ra, metall chiqindilari orasida tankka qarshi minalar bo‘lishi ehtimoli mavjud.

Avval ushbu sex Xitoy kompaniyasi tomonidan ijaraga olingan va ular turli metall parchalarini arzon narxda sotib olgan. Ammo ularning ichida harbiy chiqindilar va ishlatilmagan mina bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Sherbayev portlash quyuv qismida sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Aniq sabablar hozircha aniqlanmagan, biroq xavfli harbiy buyumlar aralashgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Voqea joyiga barcha tegishli kuch va tashkilotlar yetib kelib, tekshiruv ishlarini boshlagan. O‘zbekiston Migratsiya agentligi halok bo‘lgan fuqarolarning yaqinlariga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida hududiy mas’ullarni biriktirganini bildirdi.

Shuningdek, Qozog‘iston tergov organlari bilan yaqindan hamkorlik qilinayotgani ta’kidlandi. Ushbu fojiali hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026