Bugun
Sevara Mamatova Budvada 5:0 g‘alaba bilan turnirni boshladi
+18°
ясно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Shimoliy Koreyada qatl jazosining oshishi qayd etildi

Dunyo
27
Shimoliy Koreyada qatl jazosining oshishi qayd etildi
Shimoliy Koreyada inson huquqlari sohasida jiddiy muammolar mavjudligi yana xalqaro hamjamiyat e’tiboriga tushdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan taqdim etilgan so‘nggi hisobotga ko‘ra, mamlakatda Janubiy Koreya seriallarini tomosha qilgan yoki tarqatgan fuqarolar og‘ir jazolarga duchor bo‘lmoqda. Ba’zi hollarda ular sud tomonidan o‘lim jazosiga hukm qilinganligi ma’lum qilindi.

BMTning inson huquqlari bo‘yicha missiyasi rahbari Jeyms Xinanning bildirishicha, 2014 yildan beri Shimoliy Koreyada aholi ustidan nazorat kuchaytirilgan. Yangi texnologiyalar yordamida kuzatuv tizimi joriy etilgan va ayniqsa COVID-19 pandemiyasi davrida jazolar yanada qattiqlashgan.

Hisobotda nafaqat siyosiy ayblovlar, balki oddiy huquqbuzarliklar uchun ham qatl jazosining oshgani qayd etilgan. Bu holat xalqaro hamjamiyatda katta tashvish uyg‘otmoqda.

Shu bilan birga, qamoqxonalardagi zo‘ravonlik holatlari oz miqdorda kamaygani va sud-huquq tizimida ayrim kichik islohotlar amalga oshirilayotgani ham ta’kidlangan. Biroq, BMT ekspertlari Shimoliy Koreyada bolalar mehnatining keng ko‘lamda davom etayotganidan xavotir bildirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘smirlar ko‘mir shaxtalari, qurilish ishlari va maxsus “zarbdor brigadalar”da majburiy mehnatga jalb qilinmoqda. Xalqaro inson huquqlari himoyachilari bu holatni eng jiddiy qonunbuzarliklardan biri deb baholamoqda.

Mutaxassislar Shimoliy Koreya hukumatini qatl jazosini bekor qilishga, majburiy mehnatni to‘xtatishga va inson qadrini hurmat qilishga chaqirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik to‘qqiz yoshli qizaloq og‘ir atletikada rekord o‘rnatdi
Amerikalik to‘qqiz yoshli qizaloq og‘ir atletikada rekord o‘rnatdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shtatida istiqomat qiluvchi to‘qqiz yoshli Lyusi Milgrim og‘ir atletika bo‘yicha ko‘rsatgan natijasi bilan butun dunyo e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:29
Xitoyda ota-onalar farzandlarini uylantirish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda
Xitoyda ota-onalar farzandlarini uylantirish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda
Xitoyda ota-onalar farzandlarini oila qurishga undash maqsadida zamonaviy texnologiyalardan, xususan, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ta’sirchan videolardan foydalanmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Turkiya Rossiya bilan yangi gaz loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Turkiya Rossiya bilan yangi gaz loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Yevropa Ittifoqi kelgusi yilning 1-yanvaridan boshlab Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz importini to‘liq taqiqlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, Turkiya mintaqaviy energiya markaziga
DunyoKecha, 22:38
Belarusda o'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
Belarusda o'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
Belarus Respublikasining Vitebsk viloyatiga qarashli Shapuri qishlog‘ida Ikkinchi jahon urushi davrida hududni bosqinchilardan ozod qilish yo‘lida jon fido qilgan o‘zbekistonlik jangchilar
DunyoKecha, 21:38
AQSH kompaniyasi Qozog‘istonda strategik minerallarni qazib olishni boshladi
AQSH kompaniyasi Qozog‘istonda strategik minerallarni qazib olishni boshladi
Amerika Qo'shma Shtatlari kompaniyalari Markaziy Osiyoning strategik xomashyo zaxiralariga bo'lgan qiziqishini amaliy harakatlar bilan mustahkamlamoqda. Xususan,
DunyoKecha, 21:23
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga shart qo‘ydi
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga shart qo‘ydi
Dunyoning eng muhim neft arteriyasi hisoblangan Hurmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat o‘zining eng xavfli nuqtasiga yetdi. Eron Qurolli kuchlari rasmiy vakili Muhammad Akraminia
DunyoKecha, 20:59