Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Rossiyada barter savdosi sanksiyalar sharoitida kengaymoqda

Dunyo
47
Rossiyada barter savdosi sanksiyalar sharoitida kengaymoqda
Rossiya tashqi savdosida barter bitimlari yana keng tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Reuters agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 1990-yillardan keyin ilk bor barter ulushi oshmoqda. Moskva va uning savdo hamkorlari ushbu usul orqali sanksiyalarning salbiy ta’siridan qochishga harakat qilmoqda.

1990-yillarda barter savdosi Rossiya uchun yuqori inflyatsiya va rubl qadrsizlanishi davrida foydali vosita bo‘lgan. Hozir esa dollarning tranzaksiya imkoniyatlari cheklangani sabab bu mexanizm yana faol qo‘llanilmoqda.

Xususan, Xitoydagi ko‘plab banklar sanksiyalar tufayli Rossiyadan to‘g‘ridan to‘g‘ri pul qabul qilishdan tiyilmoqda. Barter operatsiyalarini nazorat qilish va kuzatish esa qiyin bo‘lmoqda.

2024-yil boshida Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi «Tashqi savdo barter bitimlari navigatori»ni taqdim etdi. Unda barterdan foydalanish bo‘yicha qisqa yo‘riqnoma berilgan va maxsus barter birjasi yaratish taklifi ilgari surilgan.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, bunday sxemalar amalda keng qo‘llanmoqda. Agentlik jurnalistlari o‘rganishicha, Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobillar Rossiyaga bug‘doy evaziga yetkazib berilgan.

Rossiyalik kompaniyalar donni rublga sotib olib, xitoylik hamkorlarga topshirgan, ular esa oldindan yuanga sotib olingan transport vositalarini taqdim etgan. Bundan tashqari, Rossiya kompaniyalari zig‘ir urug‘ini maishiy texnika va qurilish materiallariga almashtirgan.

Ba’zi bitimlar qiymati 100 ming dollardan oshgan. Rossiyaliklar Xitoyga alyuminiy, turli metallar va xomashyo yetkazib berish orqali mashinalar va xizmatlar olgan.

Pokiston bilan ham shunga o‘xshash barter bitimi amalga oshirilgani ma’lum qilindi. Manbalarga ko‘ra, ayrim bitimlar orqali Rossiya sanksiyalar ostidagi G‘arb mahsulotlarini olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Reuters suhbatdoshlari barter savdosining tobora kengayayotganini tasdiqladi, ammo uning aniq hajmini aniqlash qiyinligiga urg‘u berildi. Shunday qilib, Rossiya tashqi savdosida barter bitimlari sanksiyalar davrida muhim vositaga aylanganligi kuzatilmoqda.

Bu usul orqali mamlakat iqtisodiy cheklovlardan qisman qochishga intilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026