Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Rossiyada kitob do‘konlari savdosi kamaymoqda

Dunyo
61
Rossiyada kitob do‘konlari savdosi kamaymoqda
Rossiyada 2025 yilning dastlabki sakkiz oyida kitob do‘konlaridagi savdo hajmi 6 dan 18 foizgacha kamayganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu holatning asosiy sababi sifatida kitob bozorining taxminan 65 foizini tashkil etuvchi onlayn savdoning tez sur’atda o‘sishi ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga, kitob do‘konlari tarmog‘ining umumiy aylanmasi 1,1 foizga oshgani qayd etildi.

Bu narxlarning sezilarli darajada qimmatlashi bilan izohlanadi. Hozirda do‘konlarda kitoblarning o‘rtacha narxi 546 rublni tashkil etmoqda, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 12,3 foizga yuqori.

Nashriyotlar bunday narx o‘sishini qog‘oz, bosma mahsulotlar va logistika xarajatlarining oshishi bilan bog‘lamoqda. Shuningdek, kitob do‘konlariga tashrif buyuruvchilar soni kamaygan.

O‘rtacha oqim 6,6 foizga pasaygan bo‘lsa, ayrim hududlarda bu ko‘rsatkich 20 foizgacha tushgan. Mamlakat bo‘ylab bir yil ichida 200 dan ortiq do‘kon yopilishi bozordagi qiyinchiliklarni yanada kuchaytirdi.

Biroq, raqamli kitoblar bozori o‘sishda davom etmoqda. Elektron kitoblar ko‘plab o‘quvchilar uchun qulay va amaliy tanlov sifatida tobora ommalashib bormoqda.

Bu tendensiya kitob savdosining yangi shakllarini rivojlantirishga imkon yaratmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026