ENRU

Misrda Kleopatraning qabri joyi topilishi mumkin

Dunyo
104
Misrda Kleopatraning qabri joyi topilishi mumkin
Misrda arxeologlar jahon ilmiy hamjamiyatini hayratga solgan muhim topilma haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ular qadimiy suv ostida qolgan port izlarini aniqlashdi. Ushbu kashfiyot Kleopatraning qabri joyini aniqlashda muhim kalit bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Bu haqda Misr Turizm va arxeologiya ishlari vazirligi ma’lum qildi. Dominikan arxeologik ekspeditsiyasi Taposiris Magna ibodatxonasi yaqinida tosh va metalldan yasalgan langarlar, amforalar hamda ichki port qoldiqlarini qazib oldi.

Shuningdek, ibodatxonani dengiz bilan bog‘lovchi qadimiy tunnel ham topildi. Ekspeditsiya rahbari doktor Ketlin Martinesning fikricha, ushbu topilmalar Kleopatra va uning mashhur sevgilisi Mark Antoniy aynan shu yerda dafn etilgan bo‘lish ehtimolini kuchaytiradi.

Kleopatraning qabrini qidirish ishlari bir necha yillardan buyon davom etmoqda va turli taxminlarga boy. Agar ushbu nazariya isbotlansa, bu so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik arxeologik sensatsiya hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Kleopatra miloddan avvalgi 51 yilda 18 yoshida Misr taxtiga chiqdi va akasi Ptolemey XIII bilan birga hukmronlik qildi. Keyinchalik u Rim generali Yuliy Sezarning himoyasiga kirib, uning vafotidan so‘ng Mark Antoniy bilan yaqin munosabat o‘rnatdi.

Biroq qirolichaning hayoti fojeali yakunlandi: Rim qo‘shinlari Misrni bosib olgach, u o‘z joniga qasd qildi. Kleopatra Mark Antoniy yonida dafn etilgan, degan taxminlar mavjud bo‘lsa-da, ularning qabri hanuzgacha topilmagan va sirli bo‘lib qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoBugun, 07:56
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Birinchi
DunyoBugun, 07:10
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Kvins tumanida joylashgan ko‘chalardan biriga dunyoga mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam sharafiga ramziy ma’noda uning nomi berildi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:19
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qilayotgan minglab suriyalik fuqarolarni qochqinlik maqomidan mahrum etish va ularni o‘z vataniga majburiy tartibda qaytarish jarayonini boshladi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:33
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Buyuk Britaniyada joriy yilning yoz faslida kuzatilgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo va davomli qurg‘oqchilik kutilmagan tarixiy yangilikka sabab bo‘ldi. Angliyaning
DunyoBugun, 02:21
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tabiiy gaz narxi so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi. Niderlandiyaning TTF birjasida kelgusi oy uchun
DunyoBugun, 01:32