Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Tramp BMTda Rossiya va Xitoyni tanqid qildi

Dunyo
20
Tramp BMTda Rossiya va Xitoyni tanqid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining sessiyasida muhim bayonotlar bilan chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U xalqaro maydondagi murakkab muammolarni hal qilishda BMTning katta imkoniyatlari borligini ta’kidladi, ammo hozircha bu imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotganini bildirdi. Tramp Xitoy va Hindistonni Rossiyaga Ukraina urushi bo‘yicha iqtisodiy yordam ko‘rsatayotgan davlatlar sifatida tanqid qildi.

Unga ko‘ra, agar Rossiya urushni to‘xtatmasa, AQSH o‘z qonunlari asosida Rossiyaga nisbatan jiddiy bojxona cheklovlarini joriy etishi mumkinligini ma’lum qildi. Amerika rahbari BMT minbarida xavfsiz va barqaror dunyo qurishga tayyor bo‘lganlarga Amerika yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor ekanligini bildirdi.

Shuningdek, G‘azo sektoridagi qurolli to‘qnashuvlar darhol to‘xtatilishi, garovdagilar ozod qilinishi lozimligini ta’kidladi. Tramp Ukraina mojarosini hal qilish uchun izchil harakat qilayotganini, shu jumladan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaxshi munosabatlarda ekanligini ham qayd etdi.

Bundan tashqari, u jahon hamjamiyatini biologik qurollarni ishlab chiqishdan butunlay voz kechishga chaqirdi. Yevropadagi migratsiya muammolariga ham to‘xtalib, ayrim mamlakatlarining vaziyati og‘ir ekanligini ta’kidladi.

Trampning so‘zlari xalqaro muammolarni hal etishda yanada qat’iy va aniq pozitsiyani qabul qilish zarurligini ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026