Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

G‘azoda bolalar og‘ir jarohat oldi, halok bo‘ldi

Dunyo
39
G‘azoda bolalar og‘ir jarohat oldi, halok bo‘ldi
BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) bosh komissari Filipp Lazzarini G‘azo sektoridagi og‘ir vaziyat haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2023-yil 7-oktyabrdan boshlangan Isroil harbiy amaliyotlari davomida bir yil ichida 4000 dan ortiq bola qo‘l yoki oyoqdan ayrildi. Lazzarini ta’kidlaganidek, G‘azo hududi dunyoda bolalar soni eng ko‘p bo‘lgan joylardan biridir.

Har kuni yuzlab bolalar hayotdan ko‘z yumib, ko‘plari esa og‘ir jarohatlar olib, nogiron bo‘lmoqda. Bu holat butun avlodning kelajagiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bosh komissar o‘z murojaatida, agar bu vaziyat uzoq davom etsa, bolalar va kelajak avlod uchun ruhiy hamda jismoniy zarar yanada kuchayishini ta’kidladi. U o‘t ochishni darhol to‘xtatishni talab qildi.

Rasmiy hisobotlarga ko‘ra, 2023-yil 7-oktyabrdan boshlab G‘azo hududidagi harbiy harakatlar natijasida 65 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi ayollar va bolalar hisoblanadi.

Shuningdek, 167 mingdan ziyod kishi turli darajada jarohat oldi. Mutasaddilar bu raqamlar faqat rasmiy tibbiy hisobotlarga asoslanganini, aslida yo‘qotishlar va zarar ko‘rganlar soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkinligini bildiradi.

Bu vaziyat inson huquqlari va tinchlik uchun katta xavf tug‘dirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026