Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Xitoy internetda salbiy fikrlarni taqiqlaydi

Dunyo
89
Xitoy internetda salbiy fikrlarni taqiqlaydi
Xitoy hukumati internetda tarqalayotgan salbiy kayfiyat va norozilikni targ‘ib qiluvchi foydalanuvchilarga qarshi ikki oylik keng qamrovli kampaniya boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda 23 sentyabr kuni mamlakat Kibermakon boshqarmasining bayonotiga tayanib, “The Register” nashri ma’lumot berdi. Kampaniya doirasida Pekin hukumati ijtimoiy tarmoqlar, qisqa videolar platformalari, onlayn do‘konlar va reklama uchun ishlatiladigan striming xizmatlariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Shuningdek, internetda qoldiriladigan izohlar ham sinchkovlik bilan tekshiriladi. Xitoyda taqiqlanishi mumkin bo‘lgan kontentlar orasida zo‘ravonlikka chaqiruvchi materiallar ham bor.

Biroq asosiy maqsad “mehnatning foydasi yo‘q”, “o‘qish befoyda” kabi salbiy kayfiyat va umidsizlikni targ‘ib qiluvchi postlarning tarqalishini to‘xtatishdir. Bu kabi fikrlar mamlakat yoshlari orasida keng tarqalgan “Sang madaniyati”ga xos bo‘lib, u yuqori yashash xarajatlari va iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli norozilik va umidsizlikni ifodalaydi.

Kampaniyada oliy ma’lumotli yoshlarning yuqori darajadagi ish topishda duch kelayotgan qiyinchiliklari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarga moslashtirilgan kontentning salbiy mavzularga chuqurroq kirib borishi ham hisobga olingan. Hukumat “hayotga nisbatan haddan tashqari pessimist qarashlar” va “o‘zini ortiqcha kamsitish” kabi mazmundagi postlarni ham nazorat qiladi.

Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan zo‘ravonlikni tasvirlovchi materiallar ham taqiqlanadi. “The Register” xabariga ko‘ra, Pekin internet-trollarni “ko‘prik ostiga yashirish” kabi choralarni ham rejalashtirgan.

Fitna nazariyalari va soxta yangiliklarning tarqalishiga ham chek qo‘yiladi. Bunday kontentni yaratgan yoki tarqatgan platforma va shaxslar jazoga tortilishi mumkin.

Bu chora G‘arb mamlakatlaridagi oddiy “uzr” talab qilinishidan ancha qat’iy hisoblanadi. Manba kampaniyaning aniq boshlanish va tugash sanasini e’lon qilmagan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026