Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Yevropa Ukrainaga dron ishlab chiqarishni moliyalashtiradi

Dunyo
82
Yevropa Ukrainaga dron ishlab chiqarishni moliyalashtiradi
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga dron ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ikki milliard yevro ajratadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Yevropa uchun birinchi mudofaa chizig‘i hisoblanadi va shu sababli harbiy yordamni kuchaytirish zarur.

Shuning uchun dronlar ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishga qaror qilingan. Ajratilgan mablag‘lar Kiyevning mudofaa salohiyatini oshirishga yordam berish bilan birga, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga zamonaviy dron texnologiyalaridan foydalanish imkonini yaratadi.

So‘nggi paytlarda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiya dronlari xavfi ostida qolmoqda. Masalan, Polsha havo hududiga kirgan yigirmadan ortiq dronlar katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ekspertlar ularni qiruvchi samolyotlar yordamida yo‘q qilishning qimmatga tushishini va bu holat kelajakda zaiflikka olib kelishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Shu sababli Yevrokomissiya “dronlar devori” nomli loyiha taklifini ilgari surdi.

Ushbu loyiha doirasida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari arzonroq himoya tizimlarini birgalikda sotib olishni rejalashtirmoqda. Dastlab bu tashabbus sharqiy chegaralarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan edi, ammo noma’lum dronlar Daniyada ham ko‘payishi sababli loyiha butun Yevropa Ittifoqi hududiga kengaytirilishi taklif qilindi.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Ukraina bilan “dronlar ittifoqi” tuzishni maqsad qilgan. Urush boshlangandan beri Ukrainada dron ishlab chiqarish sezilarli darajada oshdi.

Agar 2022 yilda minglab dronlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib oyiga yuz minglab qurilmalar tayyorlanmoqda. Shuningdek, Ukrainada uchuvchisiz tizimlar qo‘shini tashkil etilgan.

Sentyabr oxirida bosh qo‘mondon Oleksandr Sirskiy qurolli kuchlarda dronlarga qarshi alohida mudofaa tizimlari joriy etilishini ma’lum qildi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026