Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
+6°
ясно ветер 1 м/с, СВ
ENRU

NASA 2035-yilgacha Oyda doimiy qishloq quradi

Dunyo
38
NASA 2035-yilgacha Oyda doimiy qishloq quradi
AQSH Kosmik Tadqiqot Agentligi NASA yaqin o‘n yillik ichida insoniyat uchun yangi tarixiy bosqichni bosib o‘tishni maqsad qilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Agentlik 2035-yilgacha Oy yuzasida odamlar doimiy yashay oladigan qishloq qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda NASA rahbari vazifasini bajaruvchi Shon Daffi Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Astronavtika Kongressida ma’lum qildi.

Daffi ta’kidlaganidek, loyiha faqat ilmiy tadqiqotlar bilan cheklanmaydi. Oyda nafaqat tadqiqot markazi, balki barqaror yashash uchun zamonaviy infratuzilma ham barpo etiladi.

Yangi qishloq yadro energiyasi bilan ta’minlanadi, astronavtlar muntazam joylashtiriladi va qurilishda Oy yuzasidan olingan mahalliy materiallardan keng foydalaniladi. NASA rejasiga ko‘ra, 2026-yil fevralda «Artemida II» dasturi doirasida ilk bor to‘rt nafar astronavt Oyga yo‘l oladi.

Parvozda qo‘nish amalga oshirilmasa-da, asosiy maqsad keyingi bosqichlarga tayyorgarlik ko‘rish va Oyda uzoq muddat yashash imkoniyatlarini o‘rganishdir. Mutaxassislar fikricha, Oyda doimiy qishloq qurilishi Marsga inson yuborishda muhim poydevor bo‘ladi.

Chunki Oyda yaratiladigan infratuzilma insoniyatning kosmosda uzoq vaqt yashash qobiliyatini sinovdan o‘tkazishga xizmat qiladi. NASA vakillari bu g‘oyani orzu emas, balki amalga oshiriladigan aniq reja sifatida baholamoqda.

Bu tashabbus inson sivilizatsiyasini Yer orbitasidan tashqarida rivojlantirishga yo‘naltirilgan muhim qadam hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026