ENRU

Afg‘onistonda ijtimoiy tarmoqlar bloklandi

Dunyo
39
Afg‘onistonda ijtimoiy tarmoqlar bloklandi
Afg‘onistonda internet erkinligiga oid yangi cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

NetBlocks internet monitoring xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda Instagram, Facebook va Snapchat ijtimoiy tarmoqlariga kirish vaqtincha to‘xtatilgan. Bir nechta mahalliy internet-provayderlar ushbu platformalarning faoliyatini cheklagan.

Bu holat mamlakatda yaqinda yuz bergan keng ko‘lamli telekommunikatsiya uzilishlaridan so‘ng qayd etildi. NetBlocksning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida aytilishicha, yirik provayderlar ushbu tarmoqlarga kirishni cheklash choralarini ko‘rgan.

Tolibon harakati esa internet cheklovlarini inkor etib, bu uzilishlar texnik sabablarga, jumladan eskirgan infratuzilma va energiya ta’minoti muammolariga bog‘liqligini ma’lum qilgan. BMTning Afg‘onistondagi missiyasi internet uzilishi natijasida mamlakatdagi 43 milliondan ortiq aholining jahon tarmog‘idan uzilganini bildirgan.

Bu holat nafaqat axborot almashinuviga, balki moliya, bank, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar fikricha, internet faoliyatining cheklanishi jamiyatning iqtisodiy rivojiga jiddiy zarar yetkazadi.

Ko‘plab fuqarolar uchun ijtimoiy tarmoqlar muloqot vositasi bo‘lish bilan birga biznes va savdo faoliyatining muhim qismidir. Shu sababli, bu cheklovlar aholining kundalik hayotida katta qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda.

Afg‘onistonda so‘nggi yillarda internet erkinligi allaqachon cheklangan edi. Bir qator yangilik va blog platformalari “axloqqa zid kontent” bahonasi bilan bloklangan.

Hozirgi holat esa ushbu cheklovlarning yangi bosqichi sifatida qaralmoqda. Internetning to‘liq yoki qisman uzilishi mamlakatda axborotga erkin kirishni cheklash bilan birga, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda Milliy gvardiya harbiy qismlarining birining komandiri lavozim vakolatidan suiiste’mol qilishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘z qo‘l ostidagi harbiy
DunyoBugun, 13:53
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25