Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Melania Tramp ukrainalik bolalarni oilalariga qaytardi

Dunyo
32
Melania Tramp ukrainalik bolalarni oilalariga qaytardi
AQShning birinchi xonimi Melania Tramp so‘nggi kunlarda yetti nafar ukrainalik bola va bir rossiyalik qiz oila a’zolariga qaytarilganini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda u o‘zining videomurojaatida ma’lum qildi. Videolavha Oq uyning rasmiy YouTube kanalida joylashtirilgan.

Melania Trampning ta’kidlashicha, Rossiya bilan muloqot kanali avgust oyida Alyaskada bo‘lib o‘tgan AQSh va Rossiya prezidentlari uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan. U o‘sha paytda Vladimir Putinga shaxsan maktub yozib, urush sabab ajralgan bolalar taqdiri haqida fikr bildirgan.

Maktubda urushni to‘xtatish nafaqat Ukraina, balki Rossiya bolalarining farovonligi uchun ham muhimligi qayd etilgan. Melania Tramp shuningdek, Rossiya rahbari yozma javob bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga tayyorligini bildirganini aytdi.

Shu tariqa ikki tomon ukrainalik bolalar haqida ma’lumot almashishni boshlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida ochiq muloqot yo‘li tashkil etilgan.

So‘nggi uch oy davomida Melanianing jamoasi Rossiya vakillari bilan bir necha bor uchrashib, bolalarni oilalariga qaytarish masalasini muhokama qilgan. Rossiya tomoni bu jarayonda ishtirok etgan bolalarning shaxsiy ma’lumotlari, suratlari hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, tibbiy va psixologik yordamlar ro‘yxatini taqdim etgan.

Trampning aytishicha, Rossiya bu jarayonda ochiq va hamkorlikka tayyor ekanini ko‘rsatgan, taqdim etilgan ma’lumotlar esa AQSh hukumatining tegishli idoralari tomonidan tasdiqlangan. Tekshiruv jarayonida Ukraina parlamentining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va prezidentning bolalar masalalari bo‘yicha vakili ham ishtirok etgan.

Melania Trampning ma’lum qilishicha, Rossiya 18 yoshga to‘lmagan, ammo Rossiya hududida qolayotgan ukrainalik o‘smirlarni vataniga qaytarishga rozilik bergan. U yaqinda bolalarning yana bir guruhini oilalari bilan birlashtirish rejalashtirilayotganini bildirdi va tinchlik imkon qadar tezroq o‘rnatilishiga umid bildirdi.

Ushbu bayonot xalqaro ommaviy axborot vositalarida katta e’tibor qozondi. Tahlilchilar Melania Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi muloqot xalqaro inqiroz sharoitida yangi diplomatik sahifa ochilishiga imkon yaratishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026