Bugun
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
+10°
ясно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Tramp Isroilda HAMASni qurolsizlantirishni e’lon qildi

Dunyo
10
Tramp Isroilda HAMASni qurolsizlantirishni e’lon qildi
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp 13 oktabr kuni Isroil parlamenti Knessetda nutq so‘zladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning chiqishi deputatlar tomonidan iliq qarsaklar bilan kutib olindi. Tramp bu tashrifini hayotidagi muhim voqealardan biri deb atadi.

Prezident so‘zlariga ko‘ra, HAMAS tinchlik kelishuvida qurolsizlanish bandini qabul qilgan. U bu voqeani tinchlikning boshlanishi sifatida baholadi va G‘azo sektoridagi uzoq davom etgan mojaroning tugaganini ta’kidladi.

Knesset spikeri Amir Ohana Trampga yuksak baho berdi va uning Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzodligini ilgari surishni taklif qildi. Isroil muxolifati rahbari Yair Lapid esa nutqida ezgulik va yovuzlik mavjudligini, HAMAS yoki Eron rejimi tarafida bo‘lganlar zulm tomonida ekanini bildirdi.

Tramp so‘zlagan paytda ikki deputat “genotsid” yozuvi tushirilgan plakat ko‘targani uchun zal chiqarib yuborildi. Prezident Isroilga ko‘rsatilgan harbiy yordam haqida ham gapirdi.

U Bibi Netanyahudan kelgan so‘rovlar asosida eng zamonaviy va samarali qurollarni yetkazib berganini aytdi. Trampning ta’kidlashicha, G‘azoni demilitarizatsiya qilish rejasi mintaqadagi ko‘plab davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

HAMAS qurolsizlantiriladi va Isroil xavfsizligi ta’minlanadi. Shuningdek, HAMAS garovdagilarni bosqichma-bosqich ozod qilmoqda.

Birinchi guruhda 7, ikkinchisida 13 kishi Isroilga qaytarilgan. Tuzilgan bitimga ko‘ra, garovdagilar evaziga Isroil qamoqxonalaridan 250 nafar umrbod jazoga hukm qilingan falastinlik mahbus va urushdan keyin hibsda bo‘lgan 1700 kishi ozod etilishi ko‘zda tutilgan.

Shu tariqa, Donald Trampning Isroildagi nutqi nafaqat diplomatik jarayon, balki jahon siyosatida yangi tarixiy bosqich sifatida baholanmoqda. Bu nutq mintaqada tinchlik o‘rnatishga qaratilgan muhim qadam sifatida qabul qilinmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59