Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
+6°
ясно ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Qirg‘izistonda 17 yoshli qiz zo‘rlab o‘ldirildi

Dunyo
39
Qirg‘izistonda 17 yoshli qiz zo‘rlab o‘ldirildi
Qirg‘izistonda 17 yoshli qizga nisbatan sodir etilgan jiddiy jinoyat butun mamlakatni hayratga solmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Issiqko‘l viloyatining Yetti-O‘g‘uz tumani, Barskaun qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Oysuluv ismli yosh qiz shafqatsiz tarzda zo‘rlanib, keyin o‘ldirilgan. Bu haqda “Turmush” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea sentabr oyining oxirlarida sodir bo‘lgan. Oysuluv tushdan keyin dugonasi bilan uchrashish maqsadida uyidan chiqib, Qorako‘l shahriga yo‘l olgan.

Yo‘l chog‘ida unga “Honda Stream” rusumli avtomobil to‘xtagan. Avtomobil haydovchisi 1984 yilda tug‘ilgan, ilgari bir necha bor sudlangan erkak ekani aniqlangan.

Qiz dugonasiga yetib bormagan. Tergov natijalariga ko‘ra, erkak uni olma bog‘i tomon olib borib zo‘rlagan, keyin jinoyati oshkor bo‘lishidan qo‘rqib, uni bo‘g‘ib o‘ldirgan.

So‘ngra jasadni Kemin tumani hududiga tashlab ketgan va Bishkekka qochib ketgan. Shu paytda u telefonini ham ataylab yo‘q qilgan.

Oysuluvning qarindoshlari uni izlab, taxminan soat 19:30 da politsiyaga murojaat qilgan. Afsuski, bu vaqtda qiz allaqachon hayotdan ko‘z yumgan edi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar qisqa muddat ichida gumonlanuvchini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. Oysuluv 30 sentyabr kuni o‘z qishlog‘ida, yaqinlari va butun mahalla ahli ishtirokida dafn etildi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatni 41 yoshli Bishkek shahrida yashovchi erkak sodir etgan. U faqat zo‘rlash bilan cheklanmay, qizning hayotiga qasd qilgan.

Hozirda tergov jarayonida zarur ekspertizalar tayinlangan. Marhumaning qarindoshlari dastlab politsiya arizalarini kechiktirib qabul qilganini, “uch kun o‘tmaguncha izlash mumkin emas” degan gaplar bo‘lganini bildirishgan.

Ammo Ichki ishlar vazirligi xizmat tekshiruvi o‘tkazib, bunday ma’lumotlar asossiz ekanligini ma’lum qildi. Hozir tergov harakatlari davom etmoqda.

Mahalliy jamoatchilik ushbu voqea yuzasidan adolat talab qilmoqda va yosh qizning o‘limi mamlakatdagi zo‘ravonlikka qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026