Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Meksikada bo‘ronlar oqibatida 72 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
21
Meksikada bo‘ronlar oqibatida 72 kishi halok bo‘ldi
Meksikada so‘nggi kunlarda yuz bergan tabiiy ofatlar mamlakatda katta fojialarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Priskitla va Reymond nomli tropik bo‘ronlar oqibatida kuchli yomg‘ir yog‘ib, suv toshqinlari yuzaga keldi. Natijada 72 nafar inson halok bo‘ldi.

Shu bilan birga, 48 nafar odam bedarak yo‘qolgan bo‘lib, ularni qidirish ishlari davom etmoqda. Oxirgi haftada Meksikaning Verakrus, Puebla, Idalgo, Tabasko va Oaxaka shtatlarida sel va kuchli yomg‘irlar ko‘plab zarar yetkazdi.

Eng katta vayronagarchilik Verakrus va Puebla viloyatlarida kuzatildi. Ko‘plab uylar buzilib, ko‘priklar va yo‘llar vayron bo‘ldi, minglab odamlar boshpanasiz qoldi.

Meksika hukumati ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun katta kuchlarni safarbar qildi. Qutqaruv ishlarida 21 ta vertolyot va qo‘shimcha guruhlar faoliyat yuritmoqda.

Ular suv bosgan hududlar, vayrona binolar va chuqur jarliklarda izlanmoqda. Elektr energiyasi bo‘yicha federal komissiya ma’lumotiga ko‘ra, beshta shtatda elektr ta’minoti tizimining 95 foizdan ortig‘i tiklandi.

Muhandislar va kommunal xizmatlar birga ishlamoqda. Hukumat evakuatsiya qilingan aholi uchun vaqtincha boshpana tashkil etgan, jabrlanuvchilarga oziq-ovqat, suv va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, bo‘ronlar atmosferada bosim pasayishiga olib kelib, ayrim hududlarda suv sathi ikki metrga yetdi. Bu esa ko‘plab yo‘llarning suv ostida qolishiga sabab bo‘ldi.

Hozirda qutqaruv va tiklash ishlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026