Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Jakartada it va mushuk go‘shti savdosi taqiqlanadi

Dunyo
28
Jakartada it va mushuk go‘shti savdosi taqiqlanadi
Indoneziya poytaxti Jakartada hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatni kamaytirish va quturish kasalligining tarqalishini oldini olish maqsadida it va mushuk go‘shti savdosini taqiqlovchi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Jakarta gubernatori Pramono Anungning ma’lum qilishicha, shaharda har oy 9 mingdan ortiq it so‘yiladi, bu esa nafaqat axloqiy muammolar, balki sanitariya xavfi ham tug‘diradi. Unga ko‘ra, Jakartada it go‘shti inson iste’moli uchun mo‘ljallanmagan.

Qonun loyihasi bir oy ichida tayyorlanishi kutilmoqda va u Dog Meat Free Indonesia koalitsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda. Qonun qabul qilingach, it va mushuk go‘shti savdosi rasman man etiladi.

Bu qaror quturish kasalligini oldini olish va hayvonlarga nisbatan insonparvar munosabatni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam sifatida baholanmoqda. Hozirgi vaqtda Jakarta Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “quturishsiz hudud” sifatida e’tirof etilgan kam sonli mintaqalardan biridir.

Indoneziyada it va mushuklar chorva hayvoni sifatida tan olinmagani sababli, ularning go‘shtini sotish yoki so‘yish bo‘yicha aniq qonun mavjud emas. Bu esa ayrim hududlarda it va mushuk go‘shtini oziq-ovqat sifatida ishlatish amaliyotining davom etishiga olib kelmoqda.

Ayrim aholilar buni an’ana yoki arzon oqsil manbai sifatida qabul qiladi. Biroq huquq himoyachilari itlar tor qafaslarda saqlanishi, kaltaklanishi va so‘yilishdan oldin azoblanishi holatlarini qattiq qoralamoqda.

Har oy minglab itlar G‘arbiy Yava va Bali orollaridan Jakartaga yashirin yo‘llar orqali olib kelinadi. Veterinar mutaxassislarning ogohlantirishicha, quturish virusi asosan kasal hayvonning so‘lagi orqali tishlash yoki tirnash orqali odamga yuqadi.

Kasallikning dastlabki belgilari isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i va uyqusizlikdir. Keyinchalik suvdan va yorug‘likdan qo‘rqish holatlari paydo bo‘ladi.

Agar vaqtida davolash amalga oshirilmasa, quturish o‘limga olib kelishi mumkin. Yangi qonun nafaqat hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikni kamaytiradi, balki inson sog‘ligini himoya qilishda ham muhim ahamiyatga ega.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026