Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Luvr muzeyidan Napoleon buyumlari o‘g‘irlandi

Dunyo
23
Luvr muzeyidan Napoleon buyumlari o‘g‘irlandi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi dunyoning eng mashhur muzeyi hisoblangan Luvrda katta o‘g‘irlik sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

19-oktyabr kuni noma’lum shaxslar Napoleon Bonapart davriga oid noyob zargarlik buyumlarini muzeydan olib chiqib ketishdi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar muzeyning Sen daryosi tomon joylashgan qismining qurilish maydoni orqali kirib, oynani sindirish yo‘li bilan ichkariga yo‘l topganlar. O‘g‘irlangan buyumlar orasida Napoleonning rafiqasi Jozefinaga tegishli bo‘lgan tarixiy qiymati yuqori brosh, tiara va bezakli g‘ilof kabi to‘qqizta noyob zargarlik buyumi borligi ma’lum qilindi.

Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati hodisani rasmiy ravishda tasdiqlab, jabrlanganlar yo‘qligini bildirdi. Hozirda Luvr muzeyi vaqtincha yopilgan, politsiya hamda tergovchilar voqea joyida ish olib bormoqda.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘g‘irlik bo‘yicha Interpol darajasida qidiruv ishlari boshlanib, muzey xavfsizlik tizimi to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda. Mahalliy manbalar ta’kidicha, bu voqea nafaqat Luvr, balki butun Yevropa muzeylari uchun katta saboq bo‘lishi mumkin.

San’atshunoslar voqeani so‘nggi yillarda Yevropada sodir bo‘lgan eng yirik madaniy o‘g‘irlik deb baholamoqda. Eslatib o‘tamiz, ilgari ham Napoleon Bonapartga tegishli qimmatbaho qilich auksion orqali sotilgan edi.

Endilikda esa uning davriga oid buyumlar yana qimmatli tarixiy yo‘qotish sifatida e’tiborga olinmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026