Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Tramp AQSH harbiy flotini tubdan yangilaydi

Dunyo
16
Tramp AQSH harbiy flotini tubdan yangilaydi
AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakat harbiy flotini tubdan yangilash va “Oltin flot” deb nomlangan yangi dengiz strategiyasini joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga tayanib xabar berdi. Yangi flotning asosiy maqsadi Xitoydan keladigan harbiy tahdidlarga samarali javob berishdir.

Hozirda loyiha muhokama bosqichida bo‘lsa-da, Tramp jarayonni shaxsan nazorat qilmoqda. Reja doirasida AQSH uzoq masofali raketalar bilan jihozlangan yirik jangovar kemalar va tezkor harakatlana oladigan kichik korvetlardan foydalanishni ko‘zlamoqda.

Shuningdek, gipertovushli qurollarga ega yangi fregatlar sinfi ham yaratilishi mumkin. Zahiradagi harbiy mutaxassis Brayan Klarkning aytishicha, Vashington flotni 280–300 ta kema va ko‘plab uchuvchisiz dronlar bilan to‘ldirishni maqsad qilgan.

Uning fikricha, katta va kichik kemalarning birgalikda ishlatilishi zamonaviy xavflarga qarshi samarali bo‘ladi. Klark yangi flot hozirgi tahdidlarga yetarlicha javob bera olmasligini, ayniqsa Qizil dengizdagi husiylar hujumlarini qaytarishda bu aniq ko‘rinib qolganini ta’kidladi.

Shu sababli yangi formatdagi flot zarurdir. Katta jangovar kemalarni qurish Trampning amaliy muddati davomida yakunlanmasligi mumkin, ammo kichik korvetlar ishlab chiqarilishi ehtimoli yuqori.

Prezident Tramp yaqinda bir chiqishida ayrim flot kemalarining tashqi ko‘rinishi unga ma’qul emasligini bildirgan va o‘zini “juda estetik inson” deb ta’riflagan edi. Shuningdek, u 2026-yilda AQSH 19 ta yangi harbiy kemaga ega bo‘lishini va ma’muriyati “Oltin gumbaz” nomli raketaga qarshi mudofaa tizimini ishga tushirganini eslatdi.

“Tahlilchilar fikricha, “Oltin flot” konsepsiyasi Tramp ma’muriyatining AQSH harbiy-dengiz kuchlarini tiklash hamda Xitoy va boshqa geosiyosiy raqiblarga qarshi strategiyani mustahkamlash niyatini aks ettiradi. Agar loyiha amalga oshsa, Amerika flotining yangi avlodi jangovar salohiyatni oshirib, AQSHning global dengizdagi yetakchiligini yanada mustahkamlashi kutilmoqda.

Bu yangi qudrat ramziga aylanishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026