Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Turkiyada 7 qavatli bino qulab, bolalar halok bo‘ldi

Dunyo
38
Turkiyada 7 qavatli bino qulab, bolalar halok bo‘ldi
Turkiyaning Qodjaeli viloyati, Gebze shahrida 7 qavatli turar joy binosi qulab tushdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hodisa 29 oktyabr kuni ertalab yuz bergan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, binoning qulashidan bir oila vayrona ostida qolgan.

Fojia natijasida ikki nafar bola halok bo‘lgan, yana bir qiz bola esa tirik holda qutqarilib, shifoxonaga yetkazilgan. Voqea joyida 600 dan ortiq qutqaruvchi va o‘t o‘chiruvchi xodimlar, shuningdek, maxsus texnikalar jalb etilgan.

Ayni paytda vayronalar orasida boshqa odamlarning bor-yo‘qligi o‘rganilmoqda. Mutaxassislar binoning qulashiga olib kelgan sabablarni tahlil qilmoqda.

Xususan, poydevor holati, qurilish sifati va atrofdagi infratuzilma ishlari sinchiklab o‘rganilmoqda. Ushbu fojiani batafsil o‘rganish uchun hukumat maxsus komissiya tashkil etgan.

Hozirda Gebze shahrida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Shuningdek, barcha binolarning texnik holati qayta tekshirilayotgani ma’lum qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026