Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Kappadokiyada 61 kg oltin kontrabandasi fosh etildi

Dunyo
60
Kappadokiyada 61 kg oltin kontrabandasi fosh etildi
Turkiyaning Nevshahir viloyatida joylashgan Kappadokiya aeroportida qimmatbaho metallarni noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu operatsiya davomida besh nafar O‘zbekiston fuqarosi va bir nafar Turkiya fuqarosi qo‘lga olindi. Mazkur shaxslar 61 kilogrammdan ortiq oltinni noqonuniy yo‘l bilan olib kirishga uringan.

Nevshahir politsiyasining kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi oldindan olingan ma’lumotlar asosida harakat qilgan. Gumonlanuvchilar – uch nafar ayol va ikki nafar erkak O‘zbekiston fuqarolari Istanbuldan Kappadokiyaga uchayotgan bo‘lgan.

Ularning bagajlari aeroport xodimlarining e’tiborini tortgan, ayniqsa, og‘irligi me’yordan oshgan maishiy texnikalar – go‘sht maydalagich va xamir qorish mashinalari shubha uyg‘otgan. Maxsus uskunalar yordamida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida texnikalar ichiga yashirilgan oltin quymalari aniqlangan.

Ushbu quymalar metall qismlar ko‘rinishida mohirona yashirilgan bo‘lib, ularning umumiy og‘irligi 61 kilogramm 121 grammni tashkil etgan. Mazkur oltin 24 karatli bo‘lib, uning bozor qiymati 355 million turk lirasi yoki taxminan 8,5 million AQSh dollariga teng deb baholangan.

Bu Turkiyada so‘nggi yillardagi eng yirik oltin kontrabandasi holatlaridan biri sifatida qayd etildi. Shuningdek, yukni kutib olish uchun kelgan turk fuqarosi ham qo‘lga olingan.

Qo‘lga olinganlarning barchasi qamoqqa olinib, dastlabki tergov jarayonidan so‘ng sudga yuborilgan. Shu bilan birga, o‘zbekistonlik gumondorlardan biri noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘limiga topshirilib, deportatsiya qilinishi kutilmoqda.

Hozirda oltinning kelib chiqishi va yakuniy manzili aniqlash bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026