Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Meksika Prezidenti bilan uchrashuvda nojo‘ya hodisa yuz berdi

Dunyo
33
Meksika Prezidenti bilan uchrashuvda nojo‘ya hodisa yuz berdi
Meksikada noodatiy voqea sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Associated Press”. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat Prezidenti Klaudiya Sheynbaum poytaxt Mexikoning tarixiy hududida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazayotgan paytda mast holatdagi bir erkak unga yaqinlashib, nojo‘ya harakat qilgan. Erkak Prezidentga yaqinlashib, o‘pmoqchi bo‘lgandek ko‘ringan va qo‘llari bilan tegishga uringan.

Prezident Klaudiya Sheynbaum esa vaziyatga muloyimlik bilan munosabat bildirib, erkakni orqaga qaytarib, uning qo‘lini itargan va “Xavotir olmang” degan so‘zlar bilan holatni tinchlantirgan. Hukumat vakillaridan biri voqeaga aralashgan bo‘lsa-da, Prezident ma’muriyati hodisa yuzasidan hozircha rasmiy bayonot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Klaudiya Sheynbaum xalq bilan yaqin muloqotni afzal ko‘radi. U odatda fuqarolar bilan suhbatlashish, suratga tushish va qo‘l berib salomlashish kabi oddiy va ochiq uslublarni tanlaydi.

Ammo bu safar xavfsizlik xizmati xodimlarining vaziyatga o‘z vaqtida aralasha olmagani tanqidga sabab bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026