Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Rossiyada migrantlar uchun imtihon natijalari e’lon qilindi

Dunyo
49
Rossiyada migrantlar uchun imtihon natijalari e’lon qilindi
2025-yilning uchinchi choragida Rossiya Federatsiyasida ishlash va qonuniy yashash uchun talab etiladigan kompleks imtihon natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida jami 275 609 kishi qatnashgan. Ushbu sinovlardan 86,9 foiz migrantlar muvaffaqiyatli o‘tgan.

Kompleks imtihon Rossiya va boshqa davlatlarda, jumladan, O‘zbekiston va Tojikistonda faoliyat yuritayotgan 203 ta maxsus markazlarda topshirilishi mumkin. Ushbu markazlarning 88 tasi Rossiya universitetlariga tegishli bo‘lib, ulardan 82 tasi Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi tasarrufida.

MDH davlatlarida test markazlarining mavjudligi mehnat migrantlari uchun jarayonni sezilarli darajada yengillashtiradi. Attestatsiya uchta asosiy darajada o‘tkaziladi va darajalar migrantning Rossiyadagi maqsadlariga mos ravishda belgilanadi.

Birinchi daraja Rossiyada ishlash uchun patent olishni nazarda tutadi. Ikkinchi daraja vaqtinchalik yashash huquqi (VYaH) olish uchun talab qilinadi.

Uchinchi daraja esa doimiy yashash guvohnomasi (DYG) olishni ko‘zda tutadi. Imtihon uchta bo‘limdan iborat.

Birinchi bo‘limda rus tilini xorijiy til sifatida bilish darajasi baholanadi. Ikkinchi bo‘lim Rossiya tarixini bilishni tekshiradi, uchinchi bo‘lim esa Rossiya qonunchiligi asoslarini o‘z ichiga oladi.

Ushbu tizim migrantlarga Rossiyada ishlash va yashash jarayonlarini rasmiylashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026