ENRU

Yaponiyada ayiqlar hujumlari kuchaydi, armiyaga topshiriq berildi

Dunyo
27
Yaponiyada ayiqlar hujumlari kuchaydi, armiyaga topshiriq berildi
Yaponiyaning shimoliy hududlarida ayiqlar hujumlari keskin ko‘paygani bois hukumat favqulodda choralar ko‘rmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Associated Press axborotiga ko‘ra, joriy yilning aprel oyidan beri ayiqlar o‘nlab odamga hujum qilgan, natijada 12 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon odamlar yashaydigan hududlarga 8 mingdan ortiq ayiqlar yaqinlashgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan olti baravar ko‘pdir. Eng og‘ir vaziyat Akita prefekturasida kuzatilmoqda.

Hudud aholisi kechqurun uydan chiqishga qo‘rqib qolgan, o‘rmon yo‘llari esa huvillab qolgandek. Bosh vazir Sanae Takaiti vaziyatni nazorat qilish uchun armiyani safarbar qilishga qaror qildi.

Harbiylar qurolsiz, faqat qalqon, to‘r va maxsus spreylardan foydalanmoqda. Ularning asosiy vazifasi ayiqlarni tuzoqqa tushirish, ularni ushlash va ovchilarga yordam berishdan iborat.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ayiqlar hujumlarining ko‘payishiga iqlim o‘zgarishi va oziq-ovqat tanqisligi sabab bo‘lmoqda. Qishloq joylarda odamlar sonining kamayishi hayvonlarni yanada yaqinlashtirayotgan bo‘lsa, ovchilar sonining qisqarishi muammoni yanada murakkablashtirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Ilon Mask 2027 yilga SpaceX aksiyalarini bolalarga sovg'a qilish rejasini e'lon qildi
Ilon Mask 2027 yilga SpaceX aksiyalarini bolalarga sovg'a qilish rejasini e'lon qildi
Ilon Mask 2027 yilga SpaceX kompaniyasining har bir AQSH bolasiga bittadan aksiyasini sovg'a qilish rejasini e'lon qilgani xabar qilinmoqda. AQSH Aholini ro'yxatga
DunyoBugun, 15:15
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qilib, bu yo‘l bilan mamlakatning kelajagi xavfga tushganini aytdi. Uning fikricha, Yevropadagi
DunyoBugun, 14:31
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriya poytaxti Abujada Ebola virusi bilan kasallanish holati qayd etildi. The Guardian nashri xabar berganiga ko‘ra, bemor bilan bevosita aloqada bo‘lgan 44 kishi
DunyoBugun, 14:13
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda Milliy gvardiya harbiy qismlarining birining komandiri lavozim vakolatidan suiiste’mol qilishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘z qo‘l ostidagi harbiy
DunyoBugun, 13:53
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34